Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Nurafshon shahrini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Toshkent viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Maxmudov shahar hokimi I.Klichxanov hamrohligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarini o‘rganish maqsadida joylarga chiqdi.

Tashrif davomida shaharga kiraverishdagi bog‘larning holati, ekilgan ko‘chatlarning saqlanishi va parvarishi hamda Toshkent yo‘li ko‘chasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddi rahbarlar tomonidan qurilish tashkilotlari, ko‘cha bo‘ylab joylashgan tashkilotlar va banklar, shuningdek, shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab ekilgan ko‘chatlar uchun tashkil qilinayotgan sug‘orish tizimi ham ko‘rib chiqilib, tizimning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt