Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#AyollarDaftari

Ehtiyojmand ayollar uchun dam olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati yaratildi


Nurafshon shahrida "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 150 nafar xotin-qizlar Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskaniga 3 kunlik safarga yuborildi.

Mazkur tashabbus doirasida ishtirokchilarga malakali psixologlar tomonidan ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatildi, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy treninglar o‘tkazildi.

Safarning asosiy maqsadi – ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish va o‘z hayotiga ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍43🔥1
⚡️Elektron raqamli imzo kalitini "E-auksion" platformasidan bepul olish mumkinligini bilarmidingiz?

"E-auksion" platformasida ro'yxatdan o'tib, shaxsiy kabinetdagi "ERI kalitlari" bo'limidan ariza yuborish mumkin. Ushbu ERI kalitidan faqat "E-auksion" platformasida foydalansangiz bo‘ladi.

ERI kalitiga onlayn ariza berish uchun:
- pasport yoki ID karta yuklash (skaner qilgan holatda)
- pasport bilan selfi suratini yuklab arizani yuborish tugmasini bosish yetarli!

P.S. - Yuridik shaxslar arizasi uchun rahbar lavozim buyrug‘i yoki ishonchnomasi ham so‘raladi


🌐 Videoqo'llanmani ko'rish

☎️: +998712022111
☎️: +998992073610

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 24-iyun kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Uchqun MFY 26-maktab binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shuningdek shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
#OAV_biz_haqimizda

Eʼtibor va g‘amxo‘rlikning yuksak namunasi

Shuhrat Barotov yaqinda og‘ir jarrohlik amaliyotidan so‘ng sog‘lig‘ini tiklayotgan, hayotga qaytish uchun kurashayotgan inson.

Uning bu murakkab yo‘lida nafaqat shifokorlar, balki ijtimoiy xodimning ko‘magi ham muhim bo‘ldi.

Ushbu mavzu tafsilotlariga oid qoʻshimcha maʼlumotlar bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida e'lon qilingan maqolada tanishing.


👉 Batafsil

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 524 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 203 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 510 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 130 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 292 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 147 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 121 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 81 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 181 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 122 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 113 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 109 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 181 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 56 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 12 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👏1


⭐️ НУРАФШОНГА – ЁШЛАР ФЕСТИВАЛИГА МАРҲАМАТ!


🎉 Азиз ёшлар, Тошкент вилояти аҳли, сизларни 26 июнь соат 19:00 да Нурафшон шаҳри марказий ўйингоҳидаги "Ёшлар куни" муносабати билан ўтказилаётган катта гала-концерт дастурига таклиф этамиз.

Тадбирда машҳур эстрада юлдузлари: Шоҳруххон, "Божалар" гуруҳи, таниқли кулгу жамоалари ва сиз учун сюрприз тарзида энг машҳур санъаткорлар иштирок этади.

🎵 Шўх куй-қўшиқлар, салют-шоу ва энг асосийси ёшларбоп супер атмосфера айни шу ерда. Нурафшонга, "Ёшлар куни"га марҳамат. Кириш мутлақо бепул.

📍
Локация


🌐Web 💬Telegram  🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTube
2🔥1
"Uchqun" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahri, 26-sonli umumta’lim maktab binosida "Uchqun" mahallasi aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev hamda boshqa tegishli mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning muammolari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, joyida huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

📌 Fuqarolar tomonidan kadastr, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar, ta’lim va boshqa sohalarga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi, qolganlari esa aniq muddat va mas’ullar bilan nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5