Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Live

Yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Ayni paytda viloyatimizning ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida festival o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev yoshlarga tabrik so‘zida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati bu – katta hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron avlodga munosib turmush tarzini barpo etish, ularning orzu intilishlarini ro‘yobga chiqarish ekanligini alohida ta’kidladi. 

Tadbirda bir guruh faol yoshlar, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida ulkan marralarni zabt etgan yigit-qizlar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.

30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Live

Nurafshonda bayram konserti davom etmoqda

Ayni vaqtda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tantanali marosim davom etmoqda.

Bayramda viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan san’at ustalari ishtirokidagi badiiy dastur namoyish etilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👏1
#live

⭕️Ayni damda Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik” festivali doirasida katta gala-konsert bo‘lib o‘tmoqda.

Konsert dasturini Nurafshon shahri hokimligining Facebook va YouTube sahifalarida jonli kuzatishingiz mumkin.

👉 Facebook
👉 You tube
1👍1🤝1
#live

⚡️19-мактабнинг янги биноси очилди

Нурафшон шаҳрининг “Чиғириқ” маҳалласида 19-умумий ўрта таълим мактабининг янги биноси очилишига бағишланган маросим бўлиб ўтди.

Мактабнинг эски биноси 1960 йилда қурилган эди. Ўтган ярим асрдан ортиқ вақт мобайнида мактаб замонавий меъморчилик ва давлат таълим стандартлари талабларига жавоб бермай қолди.

Жорий йил Инвестиция дастури доирасида 3,3 миллиард сўм маблағ эвазига мактабнинг замонавий янги икки қаватли биноси фойдаланишга топширилди.

Тадбирда Нурафшон шаҳри прокурори Тўлқин Каримов ва Нурафшон шаҳри Мактабгача ва мактаб таълими бўлими мудири Фарҳод Султонов иштирок этди.

«Машъал»га обуна бўлинг:
Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X
👍52
#Live #Shukuh

Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Ayni damda "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun yangi qurilgan binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu inshoot 10 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga javob beradigan, texnik jihozlar bilan ta’minlangan holda barpo etildi. 

Yangi va zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan, aloqa va nazorat tizimlari o‘rnatilgan.

Marosimda viloyat, shahar hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Soʻzga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yangi inshootning ahamiyati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Bu kabi zamonaviy binolarning barpo etilishi mamlakatimizda aholi xavfsizligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Shukuh

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Nurafshon business city” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlandi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mazkur tantanaga oʻzgacha taraddud koʻrildi. Bayram hududiga kelayotgan mehmonlar orasida el-yurt xizmatida boʻlgan turli soha vakillari, nuroniylar, ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy sohalarda samarali mehnat qilayotgan insonlar qatnashmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyat ahlini bayram bilan tabriklab, oxirgi yillarda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, kelgusidagi rejalar xususida nutq soʻzlamoqda.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin

📱 Facebook

📱 You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Live #Shukuh

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Nurafshon business city” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlandi.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin

👉 Facebook

👉You Tube

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni vaqtda"Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi" forumining ikkinchi amaliy bosqichi davom etmoqda.
Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari uchun Biznes-tur tashkil etilib, hududlarning salohiyat va imkoniyatlari bilan bevosita joyiga chiqib tanishilmoqda.


Jarayonni MTRK telekanallari muxbirlari jonli efirlar orqali yoritib borishmoqda.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Xabar berib borayotganimizdek, kun davomida "Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi" forumining ikkinchi amaliy bosqichi davom etmoqda.

Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari uchun Biznes-tur tashkil etilib, hududlarning salohiyat va imkoniyatlari bilan bevosita joyiga chiqib tanishilmoqda.


Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali muxbirlarining navbatdagi jonli efiri Bo‘stonliq tumanidan uzatildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬 #live

🟢Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazdi.

Mazkur qabuldan asosiy maqsad:

Fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish, aholining hayot sifatini oshirish
uchun zarur choralarni ko‘rishdan iborat.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.
👍1👏1
#live

Toshkent viloyatida matbuot kotiblari uchun 3 kunlik seminarga start berildi

Nurafshon shahridagi “Cyber university” davlat universitetida matbuot kotiblari uchun 3 kunlik seminar o‘z ishini boshladi. Tadbirning bosh maqsadi — axborot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va ularni zamonaviy ish uslublariga o‘rgatishdan iborat.

Seminarning ilk mashg‘uloti taniqli jurnalist, filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimov tomonidan olib borildi. Unda matbuot kotiblari faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘llari keng muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, interaktiv oʻyinlar va savol-javoblar orqali bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.


Seminar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan holda davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1
#live

Oʻquv seminarining ikkinchi kuni tafsilotlari


Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida matbuot kotiblari uchun tashkil etilgan seminar o‘zining ikkinchi kunini boshladi. Bugungi mashg‘ulotlar zamonaviy axborot oqimining eng dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar doirasida bir guruh soha ekspertlari hamda yetuk mutaxassislar ishtirokida ochiq va samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Beruniy Alimov tomonidan OAV bilan samarali hamkorlik qilish, zamonaviy media platformalaridan to‘liq foydalanish, innovatsion yondashuvlar va kreativ axborot loyihalarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish yo‘llari keng muhokama qilindi.

Matbuot kotiblari mashg‘ulotlarda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda. Ayniqsa, media savodxonlik, axborotni tezkor va ishonchli yetkazish, ommaviy axborot vositalari bilan samarali ishlash kabi mavzular seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
#live

⚽️“1-LIGA O‘TISH TURNIRI” finali davom etmoqda

⚽️Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi finalda Namangan viloyatining “Barkamol” jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Raqiblar ham ancha shiddatli va murosasiz o‘yin namoyish etmoqda. Futbol ishqibozlari diqqat bilan kuzatayotgan final uchrashuvida Shohjahon Ergashev boshchiligidagi “Nurafshon” jamoasi o‘yinning 72-daqiqasida raqiblari ustidan 2:0 hisobida oldinda bormoqda.

⚽️Bu natija jamoaning kuchli jamoaviy o‘yinini va tayyorgarlik darajasini yaqqol ko‘rsatadi. “Nurafshon” futbolchilari va ularning muxlislari uchun final bahsi katta ahamiyat kasb etadi va jamoa g‘alabaga yaqinlashib bormoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍1👏1