Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni
3-kun


🇺🇿 “Ma’rifat va saxovat” karvoni o‘zining navbatdagi manzillariga yo‘l oldi. Bu safar Nurafshon shahrining Taraqqiyot, Obod, To‘y tepa va Uchqun mahallalarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

🤝 Karvon ishtirokchilari tomonidan ushbu xonadonlarga zaruriy yordam ko‘rsatilib, ularning dardu tashvishlariga befarq bo‘lmaslik namoyon etildi.

🎁 Yordam sifatida birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, dori-darmonlar, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, sifatli choyshab va sochiqlar, hamda o‘zbek adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar topshirildi.

📚 Ushbu xayrli tashabbusning bosh maqsadi — mehr-muruvvat fazilatlarini keng yoyish, jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash hamda insonlar qalbida ma’naviy yuksalish ruhini uyg‘otishdan iborat.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍2
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni
3-kun

🧺 Ehtiyojmand oilalarga birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, choyshab va sochiqlar, shuningdek, o‘zbek adabiyoti kitoblari topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshonda navbatdagi sayyor qabul

"Evalak" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muammolar tinglandi
Joyida yechimlar topildi
Qolgan murojaatlar nazoratga olindi

Fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va maishiy masalalari bevosita mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

🤝 Muloqot davom etadi!

#NurafshonYangiliklari #SayyorQabul #FuqarolarE’tiborida #XalqXizmatida #EvalakMahallasi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
📍 Qumariq mahallasida yo‘lsozlik ishlari amalga oshirildi

Nurafshon shahri Qumariq mahallasida “Zarbdor tajribasi” doirasida infratuzilma loyihalari davom etmoqda. Xususan, mahalladagi Zarafshon ko‘chasida 1100 metr uzunlikdagi yo‘lga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mazkur ishlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍42🔥1