Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish (Ko'rish)
🔷Xalqchil IPO (Ko'rish)
🔷"Ugam River" turistik majmuasi (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk (Ko'rish)
🔷Avtomototransport (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari (Ko'rish)
🔷Микромарказлар (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
4
Nurafshon shahrida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi

📍 Obod turmush mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Barkamol avlod bolalar maktabi binosida Nurafshon shahri hokimligi tashabbusi bilan navbatdagi mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

👥 Yarmarkada 16 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 524 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Tadbirda 35 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etdi. Ulardan:

11 nafari ishga joylashish uchun tegishli yo‘llanma oldi;
🎓 6 nafari esa kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.

🔹 Mazkur mehnat yarmarkasi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan iliq kutib olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida jamoatchilik bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, fuqarolarning muammolari va takliflarini eshitish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

👥 Qabul jarayonida shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari ham fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda faol ishtirok etdilar.

📌 Qabul davomida fuqarolarning muammolari birma-bir tinglanib, ularni joyida hal etish, huquqiy tushuntirish berish, zarur hollarda esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.

🔹 Ochiq qabullar muammolarni hal qilish va fuqarolarning ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍32
“Dolzarb 90 kun” doirasida bolalar uchun mazmunli yozgi ta’til tashkil etilmoqda

📍 Nurafshon shahrida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida shahardagi barcha umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔹 Ushbu tashabbus orqali yosh avlodning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish, iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📚 Jumladan, “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham bolajonlar uchun turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, rassomchilik, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, robototexnika, mental arifmetika, raqs, tikuvchilik, uy hamshiraligi hamda pazandalik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

👦👧 To‘garaklarda qatnashayotgan o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda, do‘stlari bilan birga vaqtni mazmunli o‘tkazmoqda.

🔸 Tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish va tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
👍1