Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida jamoatchilik bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, fuqarolarning muammolari va takliflarini eshitish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

👥 Qabul jarayonida shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari ham fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda faol ishtirok etdilar.

📌 Qabul davomida fuqarolarning muammolari birma-bir tinglanib, ularni joyida hal etish, huquqiy tushuntirish berish, zarur hollarda esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.

🔹 Ochiq qabullar muammolarni hal qilish va fuqarolarning ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍32
“Dolzarb 90 kun” doirasida bolalar uchun mazmunli yozgi ta’til tashkil etilmoqda

📍 Nurafshon shahrida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida shahardagi barcha umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔹 Ushbu tashabbus orqali yosh avlodning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish, iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📚 Jumladan, “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham bolajonlar uchun turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, rassomchilik, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, robototexnika, mental arifmetika, raqs, tikuvchilik, uy hamshiraligi hamda pazandalik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

👦👧 To‘garaklarda qatnashayotgan o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda, do‘stlari bilan birga vaqtni mazmunli o‘tkazmoqda.

🔸 Tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish va tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
👍1