Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va Nurafshon shahridagi 6 ta korxona va tashkilotlar 532 ta bo'sh ish o'rinlari bilan Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani kasbiy ko'nikmalar markazida Bo'sh ish o'rinlari bo'yicha navbatdagi  Mehnat yarmarkasida ishtirok etmoqda.

Barcha tuman-shaharlardagi ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
4👍2🔥1
#Hokim_farmoyishi

Nurafshon shahrida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish uchun viloyat hokimligi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 4 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Ushbu mablagʻlarga Nurafshon shahrida bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini olib borish, shahar koʻchalarini yoritish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent yoʻli koʻchasining zamonaviy tashqi qiyofasi yaratilib, bu borada amaliy ishlar olib boriladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
▫️▫️▫️▫️▫️

📣Hurmatli fuqarolar!

📲E’tiboringizga 16-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida hududlar miqyosida kelib tushgan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

‼️ Eslatib o‘tamiz, loyiha kiritish bosqichi 3-avgustga qadar davom etadi.


#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Nurafshon shahri delegatsiyasi Xitoyda: Iyvu shahri bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Ayni paytda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida hokim I.Klichxanov va hokim o‘rinbosari R.Xaydarov Zhejiang provinsiyasining Iyvu shahrida bir qator rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Iyvu shahri Xalq hukumati rahbari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarida kelishuvlarga erishdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍76🔥1👏1
"Jasorat maktabi"ga qabul jarayonlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025-yil 23-maydagi tegishli qo‘shma qarori bilan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi «Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

👉Qaror matni

Nizomga ko‘ra:

«Jasorat sinflari»da o‘qish muddati yetti yil (5-sinfdan 11-sinfgacha)ni tashkil etadi;

Har yili 4-sinfni tugatgan 26 nafar o‘quvchi tanlov asosida 5-sinfga qabul qilinadi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab ilk bor «Jasorat maktabi»ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahrida ham ushbu muhim jarayon faol olib borilmoqda.

Joriy yilda Nurafshon shahridan jami 124 nafar 5-sinf o‘quvchilari "Jasorat maktabi" imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘quvchilarga omad tilaymiz! 🇺🇿💪

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2🤝1