This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obodonlashtirish
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

👍1🔥1
#investitsion_loyiha
“RADIANTE TEKSTIL” – Nurafshondagi zamonaviy tekstil korxonasi faoliyat yuritmoqda
Bugungi kunda Nurafshon shahrida joylashgan “RADIANTE TEKSTIL” trikotaj va tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.
Yoshlik mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan ushbu korxona mahalliy investitsiyalar asosida barpo etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan.
Hozirgi vaqtda korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda. Dastlabki bosqichda 6 million dollardan ortiq investitsiya o‘zlashtirilib, 400 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.
Korxonada yiliga 7 million dona tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mahsulotlarning katta qismi xorijiy bozorga eksport qilinmoqda. Eksport hajmi yiliga 14 million AQSH dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan.
“RADIANTE TEKSTIL” bugungi kunda nafaqat ishlab chiqarish, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin egallamoqda — u bandlikni oshirayotgan, eksport salohiyatini kengaytirayotgan va zamonaviy sanoatga asos solayotgan korxonalardan biridir.

❤2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Master reja asosida Savdo markazi va avtoturargoh qurish uchun yer uchastkasi
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Birlik MFY
Yer umumiy maydoni:
savdo markazi uchun 6,6 gektar,
avtoturargoh uchun 3 gektar
Boshlang‘ich narxi:
savdo markazi 15,6 mlrd so'm
avtoturargoh: 6,9 mlrd so’m
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16301855
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16474900
☎️: +998712022111
☎️:+998992072610
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

❤2👍1
Ajrim yoqasidagi oilalarni murosaga keltirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi
Toshkent viloyati hokimligi va viloyat sudi hamkorligida, sud idoralariga ajrashish uchun murojaat qilgan oilalarni murosaga keltirishga qaratilgan hamkorlik dasturi doirasida Nurafshon shahrida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Nurafshon shahri hokimining o‘rinbosarlari A.Eshbayev va N.Djumanova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudining raisi R.Abduazimov, IIB xotin-qizlar bo'yicha o'rinbosari L.Baxtiyorova, Madad NTT, imom-xatib, “Oqila ayollar” harakati rahbari K.Rasulova, mahalla raislari hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oila vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, ularning muammolari joyida tinglandi. Diniy-ma’naviy, ijtimoiy va psixologik yondashuvlar asosida olib borilgan muloqotlar natijasida 15 ta oilaning 8 tasida er-xotinlar yarashishga rozi bo‘ldi.
Tadbir yakunida qolgan oilalar bilan ham suhbatlar davom ettirilishi rejalashtirildi.

❤3👍2🔥1