Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Master reja asosida Savdo markazi va avtoturargoh qurish uchun yer uchastkasi

Manzil:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Birlik MFY
Yer umumiy maydoni:
savdo markazi uchun 6,6 gektar,
avtoturargoh uchun 3 gektar
Boshlang‘ich narxi:
savdo markazi 15,6 mlrd so'm
avtoturargoh: 6,9 mlrd so’m

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16301855
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16474900

☎️: +998712022111
☎️:+998992072610

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2👍1
Ajrim yoqasidagi oilalarni murosaga keltirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

Toshkent viloyati hokimligi va viloyat sudi hamkorligida, sud idoralariga ajrashish uchun murojaat qilgan oilalarni murosaga keltirishga qaratilgan hamkorlik dasturi doirasida Nurafshon shahrida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahri hokimining o‘rinbosarlari A.Eshbayev va N.Djumanova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudining raisi R.Abduazimov, IIB xotin-qizlar bo'yicha o'rinbosari L.Baxtiyorova, Madad NTT, imom-xatib, “Oqila ayollar” harakati rahbari K.Rasulova, mahalla raislari hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oila vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, ularning muammolari joyida tinglandi. Diniy-ma’naviy, ijtimoiy va psixologik yondashuvlar asosida olib borilgan muloqotlar natijasida 15 ta oilaning 8 tasida er-xotinlar yarashishga rozi bo‘ldi.

Tadbir yakunida qolgan oilalar bilan ham suhbatlar davom ettirilishi rejalashtirildi.
3👍2🔥1
Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov “Zarbdor tajribasi” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Qumariq mahallasi hududida “Zarbdor tajribasi” doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va yashil maydonlar barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍51👌1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahri elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

N.S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-1 quvvati 25000 kVtransformatorda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan

2025-yil 19-iyul kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha Nurafshon shahridagi quyidagi mahallalarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:

⭕️Dehqonobod, Bobur, Oybek, Ma'rifat, Uchqun, Obod, Yangiobod mahallasining bazi ko'p qavtli uylari


⭕️O'rta Chirchiq tumanining Mayramko'l, O'rtaovul mahallalari


📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filiali oldindan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍1
Nurafshon shahri hokimligi
#Sorovnoma Nurafshon shahridagi eng faol bog'cha direktoriga ovoz bering! “Deputat tashabbusi” loyihasi doirasida xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi hamda Nurafshon shahri hokimligi axborot xizmati hamkorligida o‘tkazilayotgan eng faol davlat maktabgacha…
“Deputat tashabbusi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Eng faol davlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori” so‘rovnomasi o‘z nihoyasiga yetdi.

🗳 So‘rovnoma 2025-yil 19-iyul sanasiga qadar davom etdi va unda shaharimiz aholisi faol ishtirok etdi.

📊 Eng ko‘p — 212 ta ovoz
bilan
🏅 23-DMTM direktori Nasrullayeva Maloxat Xurumjanova so‘rovnoma g‘olibi deb topildi!

👏 G‘olibimizni chin yurakdan tabriklaymiz! Bu yutuq ularning mas’uliyatli mehnati va jamoatchilik ishonchining ifodasidir.
2👍1
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom jamiyat garovi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 6099-sonli qaror ijrosi doirasida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi bo‘lim tibbiyot xodimlari ishtirokida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida ertalabki badantarbiya mashqlari hamda 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.

Mazkur tashabbus tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va mehnat unumdorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

🟢 Nurafshon shahar sog‘liqni saqlash tizimida bu kabi tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
6👍3