Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.89K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Sizlarni bugun soat 14:00 da Nurafshon shahri hokimligi binosida bo‘lib o‘tadigan shahar hokimi I. Klichxanov bilan ochiq muloqotga taklif etamiz.

🔹 Ushbu ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘z taklif va mulohazalarini, shuningdek, mavjud muammolari va murojaatlarini shaxsan shahar hokimi hamda mas’ul rahbarlarga bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

♾️ Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan kichik, o‘rta va yirik ishlab chiqaruvchilarni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

📍 Muloqot joyi: Nurafshon shahri hokimligi binosi
🕑 Vaqti: bugun, soat 14:00

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#DIQQAT!
#BILDIRISH

📢 E'LON

“Nurafshon jamoat transporti” MChJga ishga taklif etamiz!

“Nurafshon jamoat transporti” MChJ (muassis — Nurafshon shahri hokimligi)quyidagi talablar asosida “D” toifali haydovchilarni ishga taklif qiladi:

Asosiy talablar:
📌 Amaldagi “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish;
📌 Avtobus yoki yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan boshqa transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasi;
📌 Texnik xizmat ko‘rsatish, yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyatini yaxshi bilish;
📌 Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i bo‘yicha hujjatlar;
📌 Intizomli, mas’uliyatli va halol bo‘lish;
📌 Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Kerakli hujjatlar:
📍 Haydovchilik guvohnomasi nusxasi
📍 Pasport nusxasi
📍 Mehnat daftarchasi (mavjud bo‘lsa)
📍 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
📍 3 dona 3x4 rasm

Ish sharoitlari:

💰 Oylik maoshi – 6 000 000 so‘mdan boshlanadi.
🕒 Ish vaqti – reja-jadval asosida tashkil etiladi.

📍 Murojaat uchun:
Nurafshon shahri hokimligiga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

📞 +998 88 769 50 05
📞 +998 55 902 74 33
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVBATDAGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI O‘RGANILDI

Maktabgacha ta’lim sohasidagi holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari Nurafshon shahrida davom etmoqda.

Shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, xususan go‘sht mahsulotlari sifati, sanitariya-gigiyena talablari hamda ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan joyida tegishli choralar ko‘rildi. Mas’ul rahbarlarga xizmatlar sifatini oshirish, kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahrida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tizimli ravishda o‘rganish ishlari davom etadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍53👏3🔥2
#ochiq_muloqot

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI


Bugun Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev, Respublika ishchi guruhi a’zolari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, Milliy bank hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirkorlar tomonidan asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, yer ajratilishi, soliq masalalari, shuningdek, kredit ajratish bo‘yicha bir qator murojaatlar va takliflar bildirildi.

Shahar hokimi tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, har bir masala bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi va ayrim muammolarni joyida hal etdi.

🔹 Ma’lumot uchun: shahar hokimining tadbirkorlar bilan shaxsiy qabuli har haftaning Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari muntazam ravishda tashkil etiladi.
4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Nurafshonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Shahar hokimi I.Klichxanov ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda tadbirkorlarning kadastr, elektr ta’minoti, infratuzilma va boshqa masaladagi murojaatlari tinglandi. Muammolar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

📅 Eslatma: Hokimning tadbirkorlar qabuli har haftaning Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari bo‘lib o‘tadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍2
#diqqat
#bildirish

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi 29-iyul kuni soat 09:30 da bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.

Telegram /Instagram /Facebook/
3👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
3
#jarayon
#kuz_qishga_tayyorlagarlik

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nurafshon shahri elektr ta’minoti xodimlari tomonida O‘rta Chirchiq podstansiyasidan chiqadigan fider Qorasuv elektr tarmog‘ining Oybek mahallasi hududidan o‘tgan 500 metrlik qismida yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i simlari zamonaviy AC kabellariga almashtirilmoqda.

Mazkur ta’mirlash va yangilash ishlari mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, avariyaviy uzilishlarning oldini olish hamda aholiga barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍42