Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
#bildirish

🎉 Xalqlar do‘stligi kuni — birdamlik va hamjihatlik bayrami! 🇺🇿🌍

Hurmatli Nurafshonliklar!

Sizlarni 2025-yil 31-iyul kuni soat 18:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan “Xalqlar do‘stligi kuni”ga bag‘ishlangan madaniy tadbirga taklif etamiz!

🔸 Turli millat va elatlarning milliy madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari va san’ati namoyon bo‘ladigan bu tadbirda siz:

🎭 Milliy raqslar va kuylar,
🎨 Milliy hunarmandchilik va madaniy ko‘rgazmalar,
🍱 Turli xalqlarga xos taomlar taqdimoti,
🎤 Qiziqarli konsert dasturini

tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz!

Barchangizni oila a’zolaringiz bilan ushbu yorqin bayramga taklif etamiz!

📍 Manzil: Nurafshon amfiteatri
🕕 Vaqt: 31-iyul, soat 18:00

Kirish mutlaqo bepul!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥21
Nurafshon shahrida tashqi savdo aylanmasi oshib bormoqda

2025- yil yanvar-iyun oylarida Nurafshon shahrida tashqi savdo aylanmasi hajmi 47 mln AQSH dollariga yetib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,2 % ni tashkil etdi.


Shundan:

🔶Eksport – 20,3 mln AQSH dollari

🔶Import – 26,7 mln AQSH dollari


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2👍2
"Taraqqiyot" mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ochiq muloqotda Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida quyidagi yo‘nalishlardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi:

🔹 elektr energiyasi ta’minoti
🔹 ichimlik suvi va BSK xizmatlari
🔹 tibbiy xizmatdan foydalanish
🔹 subsidiya ajratilishi
🔹 uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalar

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi, ayrim masalalar esa joyida hal etildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
6👍1
Нурафшон шаҳрида ПҚ-1-сонли Президент қарори ижроси юзасидан навбатдаги таҳлилий йиғилиш бўлиб ўтди.

2025 йил 3 январдаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-1-сонли “Республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори ижроси доирасида 3-чорак ҳолати таҳлили ва амалга оширилмай қолган вазифалар бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.

Шу муносабат билан Нурафшон шаҳрида кенг қамровли таҳлилий ва танқидий руҳда йиғилиш ташкил этилди. Йиғилишда шаҳар ҳокими И.Кличханов, шаҳар прокурори ўринбосари А.Олимов, Ички ишлар бўлими бошлиғи А.Юлдашев, шунингдек, мутасадди ташкилотлар иштирок этдилар.

Йиғилиш давомида қарор ижроси бўйича масъул идоралар раҳбарларининг ҳисоботлари эшитилди. Ҳар бир маҳаллада қонунийликни таъминлаш, жиноятчиликни камайтириш ва профилактик тадбирларни кучайтириш юзасидан кўрилаётган чоралар таҳлил қилинди.

Мониторинг жараёнида айрим топшириқлар бажарилишида сусткашликка йўл қўйилаётгани, профилактика инспекторлари ва маҳалла фаоллари ўртасида ҳамкорлик етарли даражада эмаслиги, айрим ҳолларда эса назорат ва ҳисобот механизмлари самарасиз экани қайд этилди.

Йиғилиш якунида мутасаддилар олдига аниқ вазифалар қўйилди. Жумладан:
- амалга оширилмаган топшириқларни тезкорлик билан бажариш;
- ҳар бир маҳаллада жиноятчиликни барвақт аниқлаш ва унинг олдини олишда инновацион ёндашувларни жорий этиш;
- профилактик тадбирларда аҳоли иштирокини ошириш;

Масъул раҳбарлар фаолиятини доимий таҳлил ва назорат қилиш юзасидан чоралар белгиланди.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍3
Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish holati o‘rganildi

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni saqlash va shahar ko‘rkini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Shu maqsadda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, prokuror o‘rinbosari A. Olimov, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida ko‘cha bo‘ylab amalga oshirilgan obodonlashtirish holati, xususan:

🔹 ekilgan daraxt va rayhon gullarining holati,
🔹 ularning parvarishi va sug‘orilishi,
🔹 begona o‘tlarni tozalash ishlari,
🔹 umumiy tozalik va sanitariya holati o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu ko‘cha bo‘ylab joylashgan muassasa va tashkilotlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlari bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍1