Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Mehnat yarmarkasi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi tadbiri doirasida Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov ishtirok etib, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ularni faol bo‘lishga, yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishga va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga chorladi.

Mazkur yarmarkada 18 ta korxona va tashkilot jami 456 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Unda 70 nafar yoshlar ishtirok etib, ulardan 14 nafari ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi, 6 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, qolgan 55 nafar ishsiz yosh esa Artel korxonasiga ekskursiya qilish maqsadida yo‘lga chiqdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон қурувчиларига байрам табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева строителям Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hurmatli quruvchilar, muhandislar, loyihachilar va qurilish sohasi fidoyilari!

Nurafshon shahri hokimligi Sizlarni 2017-yildan buyon anʼanaviy tarzda avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni nishonlanadigan “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaydi!

Yurtimiz taraqqiyoti, shahar va qishloqlarimiz qiyofasining yangilanishi, fuqarolarimiz uchun qulay va zamonaviy turmush sharoitlarining yaratilishida Sizlarning mehnatingiz beqiyos. Har bir poydevor, har bir bino, har bir ko‘prik ortida Sizlarning fidoyiligingiz, mahoratingiz va mashaqqatli mehnatingiz mujassam.

Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ham Sizlarning yuksak professional mahoratingiz va ezgu tashabbuslaringiz samarasi ekanini taʼkidlab o‘tmoqchimiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, yangi g‘alabalar va yurtimiz obodligiga qo‘shayotgan ulkan hissangizda bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Nurafshon shahrida yoshlar bilan uchrashuv va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirda ishga joylashish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda Artel korxonasi sharoitlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍1
“Sog‘lom hayot uchun – 5000 qadam” sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar sport maktabi hamda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Salomatlik kuni” doirasida erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun – 5000 qadam” shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar Nurafshon Arena stadionida bo‘lib, unda ayollar o‘rtasida ertalabki badan tarbiya mashqlari, fitnes mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda 50 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ham faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish va intilishini namoyish etdilar. Tashkilotchilar tomonidan faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilarga viloyat sport boshqarmasi hamda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash maqsadida o‘tkazildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt