Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“Sog‘lom hayot uchun – 5000 qadam” sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar sport maktabi hamda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Salomatlik kuni” doirasida erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun – 5000 qadam” shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar Nurafshon Arena stadionida bo‘lib, unda ayollar o‘rtasida ertalabki badan tarbiya mashqlari, fitnes mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda 50 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ham faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish va intilishini namoyish etdilar. Tashkilotchilar tomonidan faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilarga viloyat sport boshqarmasi hamda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash maqsadida o‘tkazildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#deputat_iqtibosi

🖍"Yoshlar — mamlakat kelajagi, taraqqiyot tayanchi. Ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish — har birimizning burchimiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini chuqur tushunish, bugungi islohotlarga faol qo‘shilish va kelajak avlod oldida mas’uliyat bilan yashash — bu bizning eng muhim vazifamizdir."

G‘ULOMOV OTABEK IKROMJON O‘G‘LI
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati, Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassisi,

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3👏21🔥1
Navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, Mustaqilligimizning 34 yilligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

shahar ko‘chalarini bayramona bezash va hududlarni obodonlashtirish;
bozorlar va savdo maskanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
go‘sht, kartoshka va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash;
maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yakunlash;
“Tashabbusli budjet” dasturining 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar qurilishini jadallashtirish;
Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan obyektlarga barcha kommunikatsiyalarni kiritish;
PQ-1-sonli qaror ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.


Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
2👍1
Nurafshon shahri hokimi Qumariq mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Zarbdor tajribasi” doirasida Qumariq mahallasi hududida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘rnatish, yashil hududlarni barpo etish kabi yo‘nalishlardagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Shahar hokimi mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1