Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.2K photos
3.92K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“Open Budget” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi

Shahar prokuror yordamchisi I. Sadullayev va hokim o‘rinbosari F. Shomurodov 2025-yil 1-mavsum “Open Budget” loyihasida g‘olib deb topilgan tashabbuslar doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Xususan, Nurafshon shahridagi 62-sonli umumta’lim maktabi hududida “RIZO ASR QURILISH” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan bolalar uchun mini-futbol maydonchasi hamda 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “OLIMPIYA BETON” MCHJ tomonidan qurilayotgan omborxona, yozgi ayvonchalar va bolalar sport maydonchasi loyihalari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida qurilish jarayonlarida sifatni oshirish, ishlarni jadallashtirish va ishchi kuchini ko‘paytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1
#qurilish
#Tashabbusli_byujet
#12_DMTT

12-DMTTda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda


Joriy yil 19-avgust kuni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov 12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrifda hokim o‘rinbosari F. Shomurodov hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

2025-yilning 1-mavsum “Open Budget” dasturi doirasida mazkur ta’lim muassasasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari “MAXSUS ENERGIYA STROY” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar belgilangan rejadan 50 foiz ishlar bajarilgan bo‘lib, jarayon sifat va muddatga qat’iy rioya etilgan holda davom ettirilmoqda.

Ta’mirlash yakunlangach, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2