Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Qurilish
#Ta’lim

🏗 Nurafshon shahrida yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi yakunlanish arafasida

Nurafshon shahri “Smart city” hududida 160 o‘ringa mo‘ljallangan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 31-avgustdagi 96-sonli bayoni asosida ushbu obyektda qurilish ishlarini yakuniga yetkazish uchun zarur mablag‘lar ajratilgan.

Shu munosabat bilan shahar hokimi Ilxom Klichxanov qurilish maydoniga tashrif buyurib, ishlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning sifati va bajarilish muddatlari muhokama qilindi.

Yangi bog‘cha foydalanishga topshirilgach, Nurafshon shahrida maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bolalarga zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari kengayadi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3