Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.2K photos
3.93K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shilmoqda

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab aholiga qulay va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida landshaft dizayni asosida turli xil manzarali gullar ekilib, turli dekoratsiyalar o‘rnatilmoqda.

Shahar hokimi I. Klichxanov olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, hududni yanada go‘zal ko‘rinishga keltirish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍21👎1
Umumxalq hashari oldidan yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari oldidan Nurafshon shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda hasharning shahrimizdagi barcha mahallalarda, ta’lim muassasalarida, qabristonlarda, bozor hududlarida hamda korxona va tashkilotlarda yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etilishi muhokama qilindi.

Shahar hokimi tomonidan obodonlashtirish va tozalash ishlarini sifatli amalga oshirish, bayram oldidan shahar ko‘chalariga gul ko‘chatlari ekish, davlat bayroqlarini ilish va bayramona bezatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda shahar korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etib, hasharning samarali va ko‘tarinki ruhda o‘tishi yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2
Nurafshon shahrida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.

Rasmda Qumariq mahallasi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1