“Yangi o‘quv yiliga ezgu tuhfa: Nurafshon shahrida 20 nafar bolaga maktab formasi topshirildi”
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahri bo‘limi bilan hamkorlikda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallangan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida shahar hududida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning boshlang‘ich sinfga boradigan 20 nafar farzandiga maktab formasi (komplekt tarkibi: shim yoki yubka, ko‘ylak yoki kofta, nimcha va kurtka) topshirildi.
https://t.me/Nurafshonpressa

Mazkur ezgu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak bo‘lish, bolajonlar yangi o‘quv yilini quvonch bilan boshlashlariga imkon yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Bu — “Mahalla” fondining ijtimoiy adolat, mehr-oqibat vа ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.
https://t.me/Nurafshonpressa
❤6👍2👏1
Forwarded from Toshkent mash’ali - Тошкент машъали🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Машъал" газетасининг телеграм каналига обуна бўлинг ва кузатиб боринг.
Яқинларингизни ҳам таклиф қилинг.
«Машъал»га обуна бўлинг:
Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X

❤2
Oilalarni yarashtirish bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazildi
Toshkent viloyatida sud idoralariga ajrashish uchun murojaat qilgan oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazish va ularni murosaga keltirish bo‘yicha viloyat hokimligi hamda viloyat sudi tomonidan tasdiqlangan hamkorlik dasturi ijrosi doirasida Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat binosida tadbir tashkil etildi.
Unda Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudi raisi R. Abduazimov, Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova, shahar FHDYo bo‘limi mudirasi M. Mayusupova, shahar “Oqila ayollar” harakati rahbari K. Rasulova, shuningdek, Tibbiyot bo‘limi mutaxassislari, “Nuroniy” jamg‘armasi, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, murosaga kelish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Nurafshon shahrida yashovchi 16 ta nizoli oilalar bilan alohida muloqotlar o‘tkazilib, 7 nafar farzand ota-onasi bo‘lgan ushbu oilalar yarashtirildi.
Telegram

❤1
“Mushuk ota” ziyoratgohini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda
Nurafshon shahridagi qadimiy “Mushuk ota” ziyoratgohini obodonlashtirish, tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulay sharoit yaratish, shuningdek, Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ushbu muqaddas maskanni milliy an’analarni saqlagan holda kelajak avlodga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan shahar hokimi boshchiligida viloyat mas’ullari, nuroniylar, Madaniy meros agentligi vakillari hamda loyiha va qurilish tashkilotlari mutaxassislari ziyoratgohda bo‘lishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida hududni obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy sharoit yaratish va ziyoratgohning tarixiy qiyofasini saqlab qolish bo‘yicha tegishli topshiriq va takliflar bildirildi.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt