Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Shukuh
Nurafshonda ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi
"Navro'z" mahallasida qad rostlagan “Nuroniylar maskani” hamda "Ma'naviyat va ma'rifat maskani" binosining foydalanishga topshirilishi keksa avlod vakillariga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtiborning amaldagi yorqin ifodasi boʻldi.
Ochilish marosimida viloyat, tuman masʼullari, nuroniylar, faollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizdagi tinchlik hamda osoyishtalikka shukrona aytib, yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirishdi.
Maskanda nuroniylarning mazmunli dam olib, vaqtini chogʻ oʻtkazishlari uchun barcha sharoit mavjud. Shuningdek, kutubxona, maʼnaviyat, tibbiyot, dam olish xonalari, oshxona, sport zal va sogʻlomlashtirish xonasi, shaxmat-shashka stoli mujassam.
0,11 gektar yer maydonida qad rostlagan ushbu maskan qurilishi uchun 4,6 mlrd so'm miqdorda mablag' ajratilgan bo'lib, keksa va yosh avlod vakillariga oʻzaro muloqotda boʻlish, qolaversa, salomatligini mustahkamlash, ma'naviyatini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyat yaratdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 🌐 Instagram✅ Facebook🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Shukuh
“Toshkent viloyati pedagogik markazi” binosiga tamal toshi qo'yildi
Bayram arafasida "Nurafshon business city" hududida davlat xizmatchilari uchun qurilayotgan uy-joylar bilan tanishildi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda nuroniylar, faollar, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlarga ushbu hududda qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari loyihasi toʻgʻrisidagi taqdimot namoyish qilindi.
Shundan soʻng, “Toshkent viloyati pedagogik markazi” binosi qurilishiga start berilib, el-yurt ravnaqi, viloyat rivoji va aholi turmush farovonligi yoʻlida duoi-tilovat qilindi.
Maʼlumot uchun, mazkur zamonaviy bino qurilishi uchun jami 50,7 mlrd so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan bo'lib, 1,3 gektar yer maydonida barpo etilishi belgilangan.
Markaz ishga tushishi bilan pedagoglarning malakasini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish ko'zda tutilgan.

❤4
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Live #Shukuh
Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi
Ayni damda "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun yangi qurilgan binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu inshoot 10 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga javob beradigan, texnik jihozlar bilan ta’minlangan holda barpo etildi.
Yangi va zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan, aloqa va nazorat tizimlari o‘rnatilgan.
Marosimda viloyat, shahar hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Soʻzga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yangi inshootning ahamiyati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Bu kabi zamonaviy binolarning barpo etilishi mamlakatimizda aholi xavfsizligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.