Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#NurafshonMFY
#tuhfa

🇺🇿 Yangi imkoniyatlar sari Nurafshon!

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Nurafshon shahrining “Nurafshon” mahallasi yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi yurtimiz taraqqiyotining yorqin ramzi bo‘lib, unda mahallamiz yoshlari, oqila ayollar, nuroniylarimiz hamda faol fuqarolarimiz bir safda ishtirok etishdi. Yangi bino mahallamiz hayotiga fayz, quvonch va yangicha ruh bag‘ishladi.

Shu orqali “Nurafshon” mahallasi ahli o‘zining ezgu orzulari ushalganining guvohi bo‘ldi. Bu nafaqat bir binoning ochilishi, balki mahallamizning kelajak sari dadil qadamlarining boshlanishi bo‘ldi.

#NurafshonMFY #Tuhfa #Mustaqillik34 #YangiQadam #FayzliMahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1🤝1
Yangiobod mahallasida to‘qqiz qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami arafasida Nurafshon shahri Yangiobod mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 79 xonadondan iborat zamonaviy ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

To‘qqiz qavatli ushbu turar-joy majmuasi “Modern-Bright Group” MCHJ tomonidan barpo etildi. Binoda 1 xonali, 2 xonali va 3 xonali zamonaviy kvartiralar joylashtirilgan. Shuningdek, majmua aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy liftlar, bolalar maydonchalari va boshqa infratuzilmaviy imkoniyatlar bilan ta’minlangan.

Mazkur yangi uy-joy majmuasi Nurafshon shahrida aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, yosh oilalarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍1👎1
“Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy uylar foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-sonli farmoniga muvofiq Nurafshon shahri “Yangi O‘zbekiston” massivida ikki dona ko‘p qavatli, jami 140 xonadondan iborat uylar foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

To‘qqiz qavatli turar-joy majmualari “Bright-Future House” MCHJ qurilish kompaniyasi tomonidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Uylarning har birida 1 xonali, 2 xonali, 3 xonali hamda 4 xonali zamonaviy kvartiralar joylashgan.

Mazkur uy-joylar aholining turmush darajasini oshirish, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash hamda shahar ko‘rkini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Yangi va zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan, aloqa va nazorat tizimlari o‘rnatilgan.

Bu kabi zamonaviy binolarning barpo etilishi mamlakatimizda aholi xavfsizligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.



Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2👏1
14 nafar bolaga xatna to‘yi tashkil etildi

Nurafshon shahrida ezgu an’analarimizdan biri bo‘lgan xatna to‘yi tadbiri o‘tkazildi. Ushbu xayrli ish doirasida shaharda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarning 14 nafar farzandi uchun tantanali marosim tashkil etildi.

Bolajonlar zarchopon va do‘ppilar kiyib, quvonch ila “O‘zbegim” tantanagohiga olib borildi. Marosimda Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosarlari Sh. Inomxonov, N. Djumanova hamda shahardagi Ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Q. Shodmonovlar so‘zga chiqib, ota-onalar va farzandlarni ushbu quvonchli sana bilan tabrikladilar.

Shodiyona davomida 13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. To‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan mehmonlarga shahar Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramona ruh bag‘ishladi.

Tadbir oilalarni qo‘llab-quvvatlash va qadriyatlarni asrashga xizmat qildi.
👍42👏2