Nurafshon shahri hokimligi
3.24K subscribers
43.4K photos
3.99K videos
54 files
12.3K links
Download Telegram
🚒👮 Nurafshon shahar hududida kuz- qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borildi

Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda paxta yig‘ish ombirlarida yong‘in va boshqa turdagi texnogen xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shuningdek, qurilish obyektlarida  fuqarolarga va mas’ul shaxslarga yozma va og‘zaki tarzda tushuntirishlar berilib, eslatma va bukletlar tarqatildi. Aholi orasida yong‘in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish va boshqa dolzarb mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi hamda fuqarolarning ogohligini oshirish, hayot va mulk xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishdir.
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#SevimliTV
#Zamon

12:00  10.09.2025

NURAFSHON SHAHRI YANADA OBOD BOʻLIB BORMOQDA

#Toshkent vil

muxbir: Dilobar Xoliqova

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#BSK_faoliyatidan

Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda

Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uylar aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan rejalashtirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, “Toy tepa Yuksak Servis” BSK tomonidan uylarning kirish yo‘laklari mukammal ta’mirlandi, temir eshiklari bo‘yab chiqildi hamda tom qismlari joriy ta’mirdan chiqarildi.

Mazkur tadbirlar aholini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, uy-joylardan xavfsiz va qulay foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan bo‘lib, ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2