Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.98K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 527 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 236 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 432 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 102 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 293 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 145 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 120 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 57 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 180 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 115 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 94 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 180 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 64 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 12 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish
Bugun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida “Men donorman” shiori ostida beg‘araz donorlik kuni o‘tkazilmoqda.

🩸 Donorlik — bu faqatgina qon topshirish emas, balki boshqa insonning hayotini asrab qolish, mehr va saxovat ko‘rsatishdir. Bir dona qon topshirish orqali siz kimningdir hayotini saqlab qolasiz, kimningdir oilasiga quvonch ulashasiz.

👉 Har bir fuqaro 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lsa, fuqarolik pasporti bilan tadbirda ishtirok etishi mumkin.

Shuni unutmang:

Donorlikdan oldin achchiq, sho‘r taomlar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik lozim;

Qon topshiradigan kuni ertalab yog‘li va sut mahsulotlarini tanovul qilmaslik kerak;

So‘nggi 6 oyda chet elda bo‘lgan shaxslar donor bo‘la olmaydi.

💡 Qon — bu hayot!
Bugun sizning bir tomchi qoningiz bemorning hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi mumkin.

Keling, barchamiz birgalikda ushbu xayrli tashabbusda ishtirok etib, ezgulik va mehr-oqibatni yanada keng yoyaylik!
6👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimiz bo'ylab "Xavfsiz kibermakon" tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mavzu yuzasidan Toshkent viloyati Qo'riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida maxsus tadbir o'tkazildi.
Tadbir viloyat Qo’riqlash boshqarmasi kiber xavfsizlik bo’limi mutaxassislari ishtirok etib, yeg’ilganlarga bugun dunyo bo’ylab ommalashib borayotgan kiber jinoyatlardan ko’plab insonlar jabirlanib kelayotgani to’g’risida to’xtalib hodimlarga kiber madaniyat, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko’rish hamda kiber hujumlardan saqlanish bo’yicha amaliy tavsiyalar berib o’tildi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati shahar va tumanlarining aholi gavjum hududlarida maxsus flayerlar tarqatilib borilmoqda
1
📌 Oppoq mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Nurafshon shahrida aholining murojaatlarini bevosita o‘rganish va ularni joyida hal etish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Tadbir Oppoq MFY hududidagi Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi binosida bo‘lib o‘tdi.

Qabul jarayonida shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari A. Eshbayev va N. Djumanova, shuningdek, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Aholi tomonidan moddiy yordam, uy-joy ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, ijtimoiy himoya, kadastr va qurilish, pasport almashtirish, doimiy ishga joylashish hamda kredit olish kabi masalalarda murojaatlar bildirildi.

Qabul chog‘ida ayrim muammolar shu yerning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini hal etish va aholining davlat organlariga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍64👏1
Nurafshon shahri hokimi dehqon bozorida tadbirkorlar bilan muloqot qildi

Nurafshon shahrida aholiga yanada qulay sharoit yaratish, bozor hududida tartib-intizomni ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida shahar hokimi Ilhom Klichxanov boshchiligida mutasaddi rahbarlar dehqon bozorida bo‘lishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar va sotuvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, bozor infratuzilmasini tartibga keltirish, savdo jarayonida qulayliklar yaratish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur tashabbus aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va savdo-sotiq jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍2