Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.02K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

O’rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri hokimliklari muassisligidagi “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 37-sonida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Otabek Isroilovning “Shifokorlar” ko’chasi qachon davolanadi?” sarlavhali maqolasi chop etilgan edi.

Unda Nurafshon shahri Navro‘z mahallasidagi “Shifokorlar” ko‘chasida zovur ko‘mib tashlangani, asfalt qoplamasi buzilgani, ikki tup daraxt qurib qolgani va transport vositalari harakati uchun noqulayliklar vujudga kelayotgani bayon qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Nurafshon shahri hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
mazkur ko‘chada ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining maxsus platformasida 2025-yil 16-sentyabr kuni qiymati 2 607 460 278 so’m bo’lgan tender savdolari e’lon qilingan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tender jarayonlari yakunlangach, g‘olib pudratchi tashkilot tomonidan ko‘zda tutilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mavjud muammolar bartaraf etiladi.

Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar doirasida ko‘chani ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash choralari ham nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur masala belgilangan tartibda hokimlik tomonidan nazoratga olingan.

https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3
⚡️ Keksalar haftaligi boshlandi

Nurofshon shahridagi “Nuroniylar maskani”da “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar boshlandi.

Maʼlumki, yurtimizda 2–8 oktabr kunlari “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida ham nuroniylar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, sektor rahbarlari, nuroniylar, “Buvijonlar maktabi” faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab “Nuroniylar maskani”da yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, jamoatchilik nazoratini taʼminlashda faxriylarning o‘rni alohida taʼkidlandi.

Shundan so‘ng mazkur maskan bunyodkorligida faol ishtirok etgan mehnat faxriysiga to‘n kiydirildi.

Tadbir yakunida dasturxonga osh tortilib, yurt ravnaqi va xalq farovonligi uchun duolar qilindi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ Keksalar haftaligi boshlandi

Nurafshon shahridagi “Nuroniylar maskani”da “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar boshlandi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍6👏4🔥1
#xayriya
#saxovat

Nurafshonda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Nurafshon shahrining “Nurafshon Siti” hududida faoliyatini yangi boshlagan “Fayz" milliy taomlar kafesida ezgu tashabbus asosida 11 nafar o‘g‘il bolaga sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tadbirda Nurafshon shahri hokimi, soha mutasaddilari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Mazkur xayriya tadbiri ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga quvonch ulashish, ularning hayotiga bayramona shukuh bag‘ishlash maqsadida tashkil etildi.
Tantanali marosimda to‘y egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi, mehmonlar uchun milliy taomlardan dasturxon yozildi. Bolalar uchun alohida ko‘ngilochar dastur ham taqdim etildi.

Bayramona kayfiyatni yanada oshirish maqsadida konsert dasturi ham tashkil etilib, unda el suygan san’atkorlar o‘zlarining eng sara kuy va qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Ushbu xayriya marosimi xalqimizga xos saxovat, muruvvat va insonparvarlik an’analarini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ezguan’ana

Nurafshon shahrida ezgu an’analar davom etmoqda!

“Fayz” tantanalar uyida 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Bolajonlarning quvonchi, ota-onalarning minnatdorchiligi — bu xalqimizga xos mehr, oqibat va saxovatning yorqin namunasi bo‘ldi. 💫

https://t.me/Nurafshonpressa
👍3
sayyorqabul

Oybek mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 4-oktabr kuni Oybek mahalla binosida shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov hamda ijtimoiy soha rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi, mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida hal etish, ochiq muloqot muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍32