Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Bildirish
#Diqqat

🚧 Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

Shahar markaziy shifoxonasiga kirish yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, yo‘l-transport harakatini tartibga solish hamda favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahar, Navro‘z mahallasi Shifokor ko‘chasida 2025-yil 12-oktabr kunidan boshlab qatnov harakati vaqtincha cheklanadi.

Avtomobil haydovchilariga harakatni bir tomonlama yo‘nalishda amalga oshirish tavsiya etiladi.

🛠 Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

https://t.me/Nurafshonpressa
4
#стоп_коррупция

📢 Пенсия жамғармаси тизимида  коррупцион ҳолатларга дуч келдингизми? Бизга “Тезкор хабар” беринг!

🛑 Коррупцияга “Йўқ” денг!

💻 Тизимда коррупция ҳолатлари ва ноқонуний ҳаракатлар ҳақида хабар бериш учун 12-71 ишонч телефонимиз ёки ижтимоий тармоқлардаги қуйидаги саҳифаларимиз орқали биз билан боғланинг:

➡️Telegrambot: @pensiyauzbot
➡️Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/

📥 Электрон почта:
pension_uz@imv.uz

📨 Мурожаатларингизга душанбадан жумага қадар 09:00 дан 18:00 гача ўз вақтидаа жавоб берилади.

📅 Дам олиш кунларида жўнатган мурожаатларингиз биринчи иш кунидаёқ кўриб чиқилади ва жавоб берилади.

⚠️ Унутманг, коррупция ҳақида хабар берган ёки унинг олдини олишга кўмаклашган ходимлар ёки фуқароларнинг хавфсизлиги кафолатланади. Ёдда тутинг, коррупция мамлакат ривожланишидаги асосий тўсиқдир.

📞 12-71    
👍1
“Yong‘indan ogohlik” profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Nurafshon shahrida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy dasturi doirasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar, targ‘ibot ishlari hamda maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, shahar MMTB tasarrufidagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar va pedagoglarga yong‘in xavfsizligi qoidalari tushuntirilib, yong‘in yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Tadbir davomida ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondi ob’yektlari hamda aholining xonadonlarida isitish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
👍1
Forwarded from Hudud Inform
Саида Мирзиёева: «Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди»

2025 йил 12 октябрь куни Осакадаги «Shining Hat» Экспо-холлида Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофотларини топшириш маросими бўлиб ўтди. Бу маросим «EXPO 2025 Osaka, Kansai» Халқаро кўргазмасининг ёрқин якуний аккорди бўлди.

🥇 Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси томонидан ташкил этилган Ўзбекистон павильони 1500 м² гача майдонли павильонлар орасида ўз тоифасидаги энг олий мукофот — «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» номинациясида олтин медалга сазовор бўлди.

Қарорни 21 май куни павильонга ташриф буюрган тўққиз нафар экспертдан иборат халқаро ҳакамлар ҳайъати қабул қилди. Мукофотлар беш турдаги павильонлар ўртасида учта асосий номинация — «Архитектура ва ландшафт», «Кўргазма дизайни» ва «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» бўйича топширилди.

🚫 «Биз тақдим этган «Билимлар боғи: келажакдаги жамият учун лаборатория» концепциясида анъаналар ва инновациялар уйғунлиги ўз аксини топган. Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди», — деди Саида Мирзиёева.

Президент Администрацияси раҳбари профессионаллик ва ушбу лойиҳага бўлган ишонч учун бутун жамоага, шунингдек, халқаро ҳамкорларга миннатдорлик изҳор этган.

Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофоти нима учун берилади?

Бу мукофот (1928 йилда ташкил этилган) — «EXPO» доирасида кўргазманинг асосий мавзуси билан ҳамоҳанг соҳаларда эришилган ютуқлар учун тақдим этилади. У илғор ғоя ва технологиялар, иштирокчи-давлатларнинг маданий жиҳатларини намоён этган энг яхши павильон, экспозицияларга берилади.

Нуфузли «BIE» мукофоти — номзод мамлакатнинг дунё кўргазмаси ривожига қўшган катта ҳиссасини, салмоқдор натижаларини эътироф этади ҳамда уларнинг муайян соҳадаги лидерлигини ифода этади. Мукофот соҳиби бўлган павильонлар креатив, замонавий технологияларга ва глобал муаммоларга янги ёндашувларни намоён этгани учун тақдирланади.


Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Favqulotda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi: Xonani gaz plitasi bilan isitmang. Bu is gazidan zaharlanishga olib keladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh. Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Xadjimatov Jahongir Maxamadaminovich – “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J. Xadjimatov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tijorat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#rasmiy

TAYINLOV

Tog‘aynazarov Nuriddin Ismailovich – Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Toshkent viloyati mintaqaviy buyurtmachi xizmati davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

N. Tog‘aynazarov 1987-yilda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini (bakalavr), 2017-yilda Ural davlat tog‘ universitetini (magistr) tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi markaziy apparati Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Xavflarni boshqarish va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Narbekov Farruxbek Shuxratovich – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

F. Narbekov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Davlat dasturlari bilan ishlash va mahallada tadbirkorlikka ko‘maklashish departamenti Davlat dasturlari bilan ishlash boshqarmasi Departament direktori o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

JAMIYAT RIVOJI UCHUN...

Soliq to‘lash - har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!


Hurmatli nurafshonliklar!

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 15-oktyabr — jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Iltimos, soliq to‘lovlarini belgilangan muddatda amalga oshiring.
15-oktyabrdan keyin to‘lanmagan soliq summalari uchun penya (jarima) hisoblanadi.

🕐 Vaqtni boy bermang — bugunoq o‘z burchingizni ado eting!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt