Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.04K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#bildirish

Toshkent viloyati hokimligida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Aholi murojaatlarini qabul qilish uchun quyidagi aloqa kanallari tashkil etilgan:

📞 1055 — qisqa raqam (Call-markaz)

Elektr va gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha:
☎️(71) 762-42-17

Suv va issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha:
☎️ (71) 762-42-16

Shtabning asosiy maqsadi — aholini elektr, gaz, suv va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalarda qo‘llab-quvvatlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor hal etishdan iborat.

Shuningdek, quyidagi havolalar orqali tuman-shaharlarda tashkil etilgan navbatchi shtablar bilan ham bog‘lanishingiz mumkin:

Angren shahar

Bekobod shahar

Bekobod tuman

Bo‘ka tumani

Bo‘stonliq tumani

Nurafshon shahar

Olmaliq shahar

Ohangaron shahar

Ohangaron tumani

Oqqo‘rg‘on tumani

Parkent  tumani

Piskent tumani

Qibray tumani

Quyi Chirchiq tumani

Toshkent tumani

Zangiota tumani

Chirchiq shahar

Chinoz tumani

O‘rta Chirchiq tumani

Yangiyo‘l tumani

Yangiyo‘l shahar

Yuqori Chirchiq tumani


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Maromiylik” dasturi imzolandi.

Bugun Nurafshon shahrida joylashgan Nuroniylar maskanida mahalla raislari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida xalqimizning to‘y-marosimlari va oilaviy bazmlarini ixchamlashtirib o‘tkazishga doir tadbir o'tkazildi.

Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova, O'zbekiston mahallalar uyushmasi shahar bo'limi boshlig'i Z. Maxsudova, Nuroniy jamg‘armasi raisi o'rinbosari R. Rajabov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning shahar bo'limi bosh mutaxassisi Q. Rasulov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i N. Shoumarova hamda Oqila ayollar harakati rahbari K. Rasulovalar so‘zga chiqib, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilgan holda to‘ylarni oddiy va ortiqcha xarajatlarsiz o‘tkazishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Muloqotlar yakunida “Maromiylik" chora-tadbirlar dasturi imzolandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kibermadaniyat_oyligi

❗️Onlayn savdoda oldindan pul o‘tkazib bermang!
Bu firibgarlar bo‘lishi mumkin.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬 #live

🟢Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazdi.

Mazkur qabuldan asosiy maqsad:

Fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish, aholining hayot sifatini oshirish
uchun zarur choralarni ko‘rishdan iborat.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.
👍1👏1
#bildirish

“O‘zgidromet” Toshkent viloyatidagi tog‘larda qor koʻchish xavfi borligidan ogohlantirdi

Ma’lum qilinishicha, 5—7-noyabr kunlari havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining togʻlari) togʻli hududlarida dengiz sathidan 2 000 metr balandlikda qor koʻchish xavfi bor.

“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi tezkor gidrometeorologik axborotda.

Prognozlarga ko‘ra, 5—6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025 - yil 16 - sentyabrda “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilingan edi. Ayni paytda qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Nurafshon shahrida ham amaliy ishlar qilinmoqda.

Nuroniyalar maskanida o'tkazilayotgan tadbirda ham mavzuga oid fikr-mulohazalar almashildi. Reja asosida kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ishlar, targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.
👍31
#tozalik

Obod mahalla - ozoda hayot

Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov "Tozalik va ozodalik" oyligi doirasida shaharda mavjud mahallalarda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni mas’ullarga belgilab bergan edi.

Topshiriqlar asosida hududlarda obodonchilik ishlari davom etmoqda.

Bugun shahardagi har bir ko'cha va guzarlarda ishlar qizg'in ketmoqda. Quvonarli tomoni shundaki, mazkur xayrli yumushlarda aholi ham faol bo‘lib, o‘zlari yashayotgan hududlarni tozalash ishlarida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Zero, tozalik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👎1