Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#Hamkorlik

⚡️Boshqaruv samaradorligini rivojlantirish maqsadida davlat–biznes sherikchiligi bo‘yicha zamonaviy tizim yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Memorandumda belgilandi.

Hujjat davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasida samarali sheriklikni rivojlantirish, xususiy sektordagi eng ilg‘or tajribalarni davlat xizmatida joriy etishga qaratilgan.

Memorandum doirasida:
▫️ davlat organlari HR rahbarlari uchun xususiy sektor ishtirokida o‘quvlar va stajirovkalar tashkil etish;
▫️inson resurslarini boshqarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan TOP-100 kompaniyalar bilan doimiy muloqot platformasi (“HR-club”)ni shakllantirish;
▫️mahalliy kompaniyalar ekspertlarini tajriba almashish jarayonlariga jalb etish;
▫️ mamlakat bo‘ylab HR mutaxassislari uchun yagona aloqa kanali yaratish va davlat organlarida HR bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash;
▫️raqamli texnologiyalar asosida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish nazarda tutilgan.

Ushbu Memorandum kadrlar salohiyatini oshirish, innovatsion HR amaliyotlarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
1