Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
"Birlik" mahallasida termopanel ishlab chiqarilmoqda

Nurafshon shahridagi “Birlik” mahallasida yashovchi Aziz Otaboyev bundan ikki yil oldin xorijda ishlardi. Yoshlar yetakchisi Muxriddin Qalandarov “Sharq yulduzi” ko‘chasida joylashgan, bir qarashda oddiy ko‘ringan xonadonda zamonaviy qurilish materiallari, xususan, bino devorlarini qoplashda qo‘llaniladigan termopanellar ishlab chiqarishni taklif etganda u bunga unchalik ishonmagandi. Batafsil ushbu havolada.

Ayni paytda ishlab chiqarish sexida bir kunda 550 kvadrat metr yuzani qoplovchi termopanel ishlab chiqarish imkoni mavjud.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#dolzarb

Joriy yilning 14-noyabr sanasida Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi Ilxom Klichxanov rahbarligida shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla "yettiligi" vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda shaharda olib borilayotgan obodonchilik ishlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi amaliy chora-tadbirlar, aholi bandligini ta’minlash, mavjud ishsizlik muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy himoya, aholiga kreditlar ajratish masalalari keng muhokama qilindi.

“Mahallalarda ishsizlik va muammoli masalalarni hal qilishda ba'zi rahbarlar sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda, bu borada aniq natija talab qilinadi. Har bir o‘zgarish, obodonchilik va aholi farovonligi — barchamizning hamkorlikdagi sa’y-harakatlarimizga bog'liq”, — dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


Mazkur uchrashuvda tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍1
#adliya_xabari

Aholi murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo'limi mas'ullari "Oppoq" MFY hududidagi viloyat barkamol avlod bolalar markazi binosida aholi uchun sayyor qabullarni tashkilashtirdi.

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM va DXM xodimlari tomonidan“Adliya kuni” va huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida 26 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqtlar davomida murojaatlar tinglandi va 5 nafar fuqaroning masalasi adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori, O‘RQ-937-son qonuni va boshqa NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar manzilli yetib bormoqda!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi.

💵 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.

🤝 Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.

🎬 Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.

Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
1
#muhim

🗓14.11.2025.

Siyosiy-ma'rifat soati o'tkazildi


Avval xabar berganimizdek, siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish, davlat fuqarolik xizmatchilarini vatanga sadoqat, kasbiga hurmat, mehnat faoliyatiga munosabat va mas'uliyatni yanada oshirishga xizmat qilayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soat"i Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o'tkazildi. Unda shahar hokimi I. Klichxanov, hokim o'rinbosarlari, apparat xodimlari hamda korxona, tashkilot vakillari doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

2025 - yilning 14 - noyabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

Tadbirda mahallalarda olib borilayotgan ishlar, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, ishchi-xizmatchilarining siyosiy ongi hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#jarayon

Noqonuniy tashqi reklama vositalari o'rganildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasida quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan: “Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak”.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahar hokimi maslahatchisi Moxira Shoismanova, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi mas'ullari tomonidan shahardagi tashqi yozuvlar va reklama obyektlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilganligi holati oʻrganildi.


Natijada esa Nurafshon shahridagi bir nechta hududlardagi tadbirkolik subyektlari tomonidan noqonuniy ravishda o'rnatilgan va belgilangan normalarga zid bo'lgan tashqi reklama yozuvlari bartaraf etildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati