Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#yashil_makon

Adliya xodimlari hasharga munosib hissa qo'shdi


Nurafshon shahar adliya bo’limi va "Madad" NNT xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Hurriyat" MFYda o'tkazilgan tadbirda 300 dona terak ko’chat ekildi.

Ushbu tadbir doirasida, ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yashil maydonlar bilan boyitish maqsadida adliya bo’limi xodimlari va ko'ngillilar birgalikda faol ishtirok etishdi. Ekish jarayoni avvalida maxsus tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Tanlangan terak ko’chatlari mahalliy iqlim sharoitlariga mos keladi. Hasharchilar har bir ko’chatning joylashuvi va chuqurligini e’tiborga olib ish tashkil qildilar. Ekish jarayonidan so’ng, daraxtlarni muntazam parvarish qilib borish rejalashtirildi, shuningdek, ularning holati doimiy ravishda nazorat qilinadigan bo'ldi.


"Yashil makon" loyihasi doirasida bunday tadbirlarni o'tkazish kelgusida ham rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#jarayon

Nurafshon shahar IIB boshlig'i ta'lim muassasasidagi mavjud ahvol bilan tanishdi.


Nurafshon shahar Ichki ishlar boʼlimi boshligʼi А.Yuldashev rahbarligidagi ishchi guruh maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʼlib, oʼrganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tartibi hamda SanPin meʼyorlariga amal qilinishi holati atroflicha koʼrib chiqildi.


Tarbiyalanuvchilar sogʼlom va xavfsiz muhitda boʼlishi, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlarning yaratilishi doimiy eʼtiborda ekanligi taʼkidlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar vakillari, davlat xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida barcha qatnashchilar bir yoqadan bosh chiqarib, hududlarni obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlariga jalb qilindi. Mazkur jarayonda yashil hududlar sonini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Har birimiz ekayotgan bir tup daraxt ertaga shahrimizga soya, farzandlarimizga nafas bo‘ladi. Yashil makon yaratishda hammamizning hissamiz bor, bu ish — umumiy uyimiz uchun, hayotimiz uchun juda muhim”, - dedi shahar hokimi I. Klichxanov.


Hozirda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar olib borilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1