Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.7K photos
4.54K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 17 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 10 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

👉Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil
III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot;

👉shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil III chorakda qonuniylikni
ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida;

👉shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yil III chorakda amalga
oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot;

👉boshqa masalalar.


Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
👍1
#bir_bayroq_ostida

🇺🇿RAMZIY BAYROQ NURAFSHON SHAHRIDA QABUL QILIB OLINDI

🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sharafiga yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi davom etmoqda.

🇺🇿17- noyabr kuni ramziy estafeta Nurafshon shahrida tantanavor tarzda qabul qilib olindi. Yurtdoshlarimizning davlat ramzlariga boʻlgan ehtiromi va sadoqati yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Nurafshon shahri faollari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, nuroniylar, harbiylar, sportchi yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida ramziy bayroqni Piskent tumanidan qabul qilib olish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda o‘tdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍53
➡️ “CYBERUNI PARK CUP 2025” festivali bo‘lib o‘tdi

17-noyabr kuni “Cyber University”da “CYBERUNI PARK CUP 2025” festivali o‘tkazildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, universitet jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

Festivalda 12–30 yoshdagi yoshlar:

👉 kiberxavfsizlik
👉 robototexnika
👉 dron texnologiyalari
👉 kordli samolyotlar
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z innovatsion ishlanmalarini namoyish qildi.

🔰 Tashkilotchilar ishtirokchilarning innovatsion salohiyatini yuqori baholab, bunday festivallar yoshlarni yangi g‘oyalar sari ilhomlantirishini ta’kidladilar.

Shuningdek, Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov mamlakatimizda raqamli sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning ilg‘or texnologiyalarni o‘rganayotgani hamda ularning innovatsion loyihalari O‘zbekistonni mintaqaviy axborot texnologiyalari markaziga aylantirish yo‘lida muhim qadam ekanini alohida qayd etdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍4