Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#18-noyabr

🇺🇿YURT BAYROG‘I


Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur,
Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y.

To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichingga ketsin kirib,
Toki g‘anim — vatanxo‘rlar
Ololmasinlar sug‘urib.

Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermak oson kechar bo‘lsin.


👉Xalima Xudoyberdiyeva


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿18 - NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlat bayrog‘i milliy g‘urur va iftixor timsoli

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” shiori ostida tantanali tadbir o'tkazildi.

🇺🇿Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etdi.

🇺🇿Tadbirda viloyat hokimligi mas’ullari, Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov va bir qator huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, nuroniylar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Asosiy maqsad:

👉yoshlar qalbida Vatanga muhabbat;
👉davlat ramzlariga chuqur hurmat;
👉yuksak fuqarolik mas’uliyati va sadoqat
tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

🇺🇿Kechada Davlat bayrog‘ining shakllanish tarixi, undagi rang va ramzlarning mazmuni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

👉Mavzuga oid jarayonlar yuqoridagi videoda namoyish etilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥2
🇺🇿MENGА BАYROQ BERING

Menga bayroq bering, koʼtarib chiqay
Bugun bayroq tutgan mardlar yoniga.
Yurt kimga suyanib yashaydi, axir,
Аchinib yashasa har kim joniga?

Jahonga yuz tutdik, hilpirar bayroq,
Аgʼyorlar hamisha yashaydi choʼchib.
Koʼksida bayrogʼi borlar hamisha
Ketarlar birinchi jonidan kechib.

Menga bayroq bering, safga qoʼshilay,
Mening borligimdan quvonsin elim.
Yashab nima qildim besamar, beiz,
Bayroq tutolmasa shu ikki qoʼlim...


👉Hamid NORQUL

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot
xizmati
👍1
🇺🇿Nurafshon shahrida “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18-noyabr kuni Nurafshon shahrida “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan chin dildan tabrikladi. Viloyat hokimi o‘z nutqida davlat ramzlari, xususan, bayrog‘imiz milliy g‘urur va faxrimizning yorqin ifodasi ekanini alohida ta’kidladi.


🇺🇿Tadbirda viloyat hokimligi va Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbar va xodimlari, nuroniylar, yoshlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1
#ro'yxatga olish_ishlari

Nurafshon shahar prokurori T. Karimov, IIB boshligʼi А. Yuldashev, Statistika bo'limi boshlig'i U. Bo'riyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosi yuzasidan shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish bosqichlariga oid chora-tadbirlar hamda mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi.


Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida shahar prokurori mas’ullarga tegishli vazifalar va topshiriqlarni belgilab berdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3🔥1