Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#ro'yxatga olish_ishlari

Nurafshon shahar prokurori T. Karimov, IIB boshligʼi А. Yuldashev, Statistika bo'limi boshlig'i U. Bo'riyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosi yuzasidan shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish bosqichlariga oid chora-tadbirlar hamda mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi.


Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida shahar prokurori mas’ullarga tegishli vazifalar va topshiriqlarni belgilab berdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

Bizni bir Vatan, bir el va bir bayroq birlashtiradi


🇺🇿18-noyabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga o‘ttiz to‘rt yil to‘ladi.

🇺🇿Davlat bayrog‘i – davlat suvereniteti va milliy mustaqillikning, xalqimizning ezgu orzu-umidlari hamda oliy maqsadlarining yorqin ramzidir. U Vatanimiz sha’ni va g‘ururini, yurtimizga bo‘lgan sadoqat va mehr-muhabbatni o‘zida mujassam etadi.


Sana munosabati bilan Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi, shuningdek, ushbu markazning Nurafshon shahri bo‘linmasi hamkorligida ozod yurt timsoli – Davlat bayrog‘i viloyatning barcha tuman va shaharlari uzra tantanali ravishda olib o‘tildi. Ushbu tadbir Vatanimiz ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni, xalqimizning yuksak g‘urur va iftixorini yana bir bor namoyon etdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayroq

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi keng nishonlandi.


Mazkur tadbir Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi jamoasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida jamoa a'zolari O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va xalqimizning g'ururini ifoda etuvchi bayrog‘imizni yodga olib, uning ahamiyatini ta’kidlashdi.


🇺🇿Bayrog'imiz — bizning g'ururimiz va kelajagimizning timsolidir!


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🤝1
#Bir_bayroq_ostida

🇺🇿“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” – estafeta davom etmoqda


🇺🇿Avval xabar berganimizdek, ramziy bayroq Piskent tumani hokimidan qabul qilib olingan edi. Bugun Nurafshon shahri markazida shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov  mazkur ramziy bayroq estafetasini davom ettirib, uni navbatdagi manzil - O'rta Chirchiq tumani hokimi o'rinbosari H. Ziyovuddinovga tantanali tarzda topshirdi.

"Estafeta yurtimiz bo‘ylab davom etar ekan, bu ezgu tashabbuslar har bir manzilda el-yurtni birlashtiruvchi ulkan ma’naviy kuchga aylanmoqda", - dedi shahar hokimi oʻrinbosari Sh. Inomxonov.


Tadbirda Nurafshonlik yoshlar  va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

📍NURAFSHON SHAHRIDA BAYRAMONA SHUKUH

🇺🇿18-NOYABR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I QABUL QILINGAN KUN!

"BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!" - ESTAFETASI


👉Mazkur videorolik "Nurafshon TV" ijodkorlari tomonidan tayyorlandi hamda efirga uzatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌐Nurafshon shahri

19-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti


☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +19°C, kechga borib esa  +6°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Nurafshon TV” telekanali orqali Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahardagi "Degantepa" MFY hududidagi aholi vakillari uchun oʻtkazilgan sayyor qabul jarayoni haqida lavha efirga uzatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4