Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
💠 Pensiya to‘lovlarida zamonaviy nazorat va shaffoflik tamoyili

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi Xalq banki xodimlari bilan hamkorlikda hududlarda pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash jarayonlarini joylarda nazorat qilmoqda.

🔈 Endi pensiya to‘lovlari fuqarolarning biometrik identifikatsiyasi (Face-ID) orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ularning imzolari elektron shaklda qabul qilinib, barcha jarayonlar shaffof amalga oshirilmoqda.

🛡 Pensiya jamg‘armasi xodimlari aholi manfaatlarini himoya qilish, har bir pensionerning haq-huquqini ta’minlash va to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazishga alohida e’tibor qaratmoqda.

🔔 Bu kabi amaliy ishlar nafaqat tizim samaradorligini oshiradi, balki xalq bilan ochiq muloqot qilish muhitini mustahkamlab, davlat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada kuchaytiradi.

☎️ 1271

🇺🇿 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

"Toshkent yo'li" ko'chasida 9 qavatli majmua qad ko'tarmoqda


Ma'lumki, Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov o'tgan vaqt ichida hududdagi 16 ta mahallalarda kompleks o'rganishlar olib bordi. Yirik ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko'rsatish kabi obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Navbatdagi manzil esa "Toshkent yo'li" ko'chasida joylashgan 9 qavatli turar-joy majmuasi bo'ldi.

Ayni paytda ushbu hududda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Quruvchilar esa belgilangan reja asosida ishlarni tashkil etib, xalqimiz uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda.

Jarayonlarni birma-bir ko'zdan kechirgan shahar hokimi mazkur obyektda kechayotgan o'zgarishlar, yo'l qo'yilgan ayrim kamchiliklar haqida to'xtalib, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1🔥1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 21 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
#futbol

⚽️Bugun Olmaliq KMKning markaziy stadionida 2-liga chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng kuchli ikki jamoasi — Nurafshon FK va Bo‘stonliq FK chempionlik uchun maydonga tushishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5
2-liga finalida Nurafshon FK yirik hisobda g‘alaba qozondi

⚽️Bugun 20-noyabr kuni Olmaliq KMKning markaziy stadionida 2-liga chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng kuchli ikki jamoasi — Nurafshon FK va Bo‘stonliq FK chempionlik uchun maydonga tushishdi.

Final uchrashuvi kutilganidek keskin kurash ostida o‘tdi. jamoalar har bir daqiqada g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. O‘yin davomida jami 6 ta gol urildi va muxlislar haqiqiy futbol bayramiga guvoh bo‘lishdi. Natijada Nurafshon FK 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va 2-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bo‘stonliq FK esa musobaqani faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.


⚽️Ushbu final nafaqat jamoalar, balki barcha futbol ishqibozlari uchun ham unutilmas lahzalarga boy bo'ldi. Musobaqa tashkilotchilari va futbolchilarni mazkur yutuq bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi mavsumda ham yangi zafarlar tilaymiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍73