Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
2-liga finalida Nurafshon FK yirik hisobda g‘alaba qozondi

⚽️Bugun 20-noyabr kuni Olmaliq KMKning markaziy stadionida 2-liga chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng kuchli ikki jamoasi — Nurafshon FK va Bo‘stonliq FK chempionlik uchun maydonga tushishdi.

Final uchrashuvi kutilganidek keskin kurash ostida o‘tdi. jamoalar har bir daqiqada g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. O‘yin davomida jami 6 ta gol urildi va muxlislar haqiqiy futbol bayramiga guvoh bo‘lishdi. Natijada Nurafshon FK 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va 2-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bo‘stonliq FK esa musobaqani faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.


⚽️Ushbu final nafaqat jamoalar, balki barcha futbol ishqibozlari uchun ham unutilmas lahzalarga boy bo'ldi. Musobaqa tashkilotchilari va futbolchilarni mazkur yutuq bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi mavsumda ham yangi zafarlar tilaymiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍73
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

🌐Nurafshon shahri

21-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti


☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, qisman yomg'ir yog'ish ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati +17°C, kechga borib esa  +4°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👌1
#muhim

Siyosiy ma’rifat soati o'tkazildi

🗓21.11.2025


Joriy yilning 21-noyabr kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o'rinbosarlari, apparat xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi. Shuningdek, ijodkorlarning ijod namunalari ham o'qib eshittirildi.

Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda asosiy omildir. Davlat xizmatchilari uchun joriy haftaga rejalashtirilgan "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi onlayn mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan ahamiyatga molikdir.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1