#dolzarb
Jamoatchilik kengashi a'zolari uchun o'quv-seminari o'tkazildi
✅Joriy yilning 26-noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Zoom platformasi orqali Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar davomida jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan foydalanish hamda ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha muloqotlar tashkil etildi.
✅Joylarda bu kabi tadbirlar muntazam o'tkazilmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tajriba almashdilar. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq ma’lumotlardan foydalanishning ahamiyati yuzasidan fikrlar almashildi.
✅Joylarda bu kabi tadbirlar muntazam o'tkazilmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤3
#bildirish
⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
✅Nurafshon shahri elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:
🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

Nurafshon shahridagi "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan 21, 22, 23, 24 ko'p qavatli uylarda quruvchi tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida elektr kabel uzib yuborilgani sababli hozirda bu yerda avariyani bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Ma'lumot uchun ta'mirlash ishlari soat 17:30 ga qadar davom etadi. Elektr ta'minotidagi vaqtinchalik uzilshlar esa 17:30 tiklanishini ma'lum qilamiz.
🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Prezident olimpiadasi" qatnashchilariga ehtirom ramzi
✅Toshkent viloyati hokimi tomonidan Prezident olimpiadasida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan sportchilarning ota-onalariga "Tashakkurnoma"lar yetkazildi.
✅Nurafshon shahrida ham bu jarayon yuqori saviyada tashkil etildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Toshkent viloyati hokimi tomonidan Prezident olimpiadasida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan sportchilarning ota-onalariga "Tashakkurnoma"lar yetkazildi.
✅Nurafshon shahrida ham bu jarayon yuqori saviyada tashkil etildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1
#jarayon
Shahar hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
✅Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida yoshlar bilan individual uchrashuv tashkil etildi. Hududlarga tashrif buyurgan shahar hokimi o‘ziga biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
✅Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov, Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i B. Abduqodirovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida har bir yoshning ijtimoiy ahvoli, qiziqishlari, bandlik darajasi va duch kelayotgan muammolari atroflicha tahlil qilindi. Yoshlarga kasb-hunar o‘rganish, ish bilan ta’minlash va subsidiya to'lash tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. “Nurafshon” va “Birlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 8 nafar yosh bilan o‘tkazilgan muloqotlarning davomi “Birlik” MFY binosida ham davom etdi.
✅Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov, Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i B. Abduqodirovlar ishtirok etdi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4❤2
#hokim_kubogi
Hokim kubogi uchun qur'a tashlandi
⚽️Nurafshon shahar hokimi kubogi uchun o'tkaziladigan an'anaviy musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
⚽️Ma'lumot o'rnida, 2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Barcha sport ishqibozlarini musobaqaga taklif qilamiz. Yangi chempion kim bo‘lishini birga kuzatamiz!

Unga ko'ra 19 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun to'p suradilar. Har bir guruh g'olibi va eng yaxshi ikkinchi o'rin natijasini qayd etgan klub 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.