Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#targʻibot

Nurafshon shahar Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon shahar 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida qator ma’rifiy va huquqiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, 9-umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – huquqiy davlat kafolati” mavzusida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov, Fuqarolik ishlari bo'yicha O'rtachirchiq tumanlararo sudi sudyasi A. Yuldashevlar ishtirok etib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdagi roli haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, o‘quvchilarga konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar yetkazildi.


"Korrupsiyaga qarshi kurashish - davr talabi", "Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” kabi mavzularda ham ochiq muloqotlar tashkil qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#futbol

“Nurafshon” 1-ligaga intilmoqda

⚽️Jizzax viloyatida professional futbolning quyi pog‘onasidan 1-ligaga ko‘tarilish yo‘lida hal qiluvchi bosqich boshlandi.

👟Mazkur turnirda Toshkent viloyati sharafini  Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi himoya qiladi.

Musobaqada har bir o‘yin alohida ahamiyatga ega. Shiddatli raqobat sharoitida jamoalardan nafaqat yuqori jismoniy tayyorgarlik, balki mukammal taktika va barqaror o‘yin ko‘rsatish talab etiladi.

☑️“Nurafshon” jamoasi a’zolari turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, katta maqsadlarni ko‘zlab kelgan. Ular o‘z muxlislari oldida munosib o‘yin namoyish etish va eng yuqori natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishiga ishonamiz.

PS: Ma'lumot uchun: Nurafshon - Yaypan o'yinida Nurafshonliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
#targ'ibot_tadbiri

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - huquqiy davlat kafolati" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudi rais va sudyalari: R. Abduazimov, A. Yuldashev, R. Xusainova, Sh. Xolxo‘jayev, Xayriniso Ibodullayeva; O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi rais va sudyalari: N. Murodov, U. Suyunovlar ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil qildilar.

Sud rais va sudyalari tomonidan o‘quvchilarga huquqiy bilimlar, konstitutsiyaviy normalarning amaliy hayotdagi o‘rni haqida ma’ruzalar o‘qildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.


👉Shuningdek, tadbir yakunida mas'ullar tomonidan Prezident maktabi kutubxonasiga turli mavzulardagi kitob jamlanmalari sovg‘a qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
#xotin_qizlar

Nurafshonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasidagi tadbirlar

"Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostidagi tadbirlar Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida ham tashkil etildi.

Shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi ostida davom etgan mazkur tadbirda nurafshonlik ayollar va yosh qizlar, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda raqamli zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha atroflicha suhbatlar o‘tkazildi.

Shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova so‘zga chiqib, ayollar va qizlar uchun raqamli xavfsizlikni ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2