Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#elektr_energiya

Transformator punktida yangi himoya to‘siqlari


Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumi uchun mahallalarda zarur ishlar olib borilmoqda. Hozirda 23-sonli transformator punktida himoya to‘siqlari o‘rnatilmoqda. Maqsad — elektr ta’minotining barqarorligini va xavfsizligini ta’minlashdir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦

🟢Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma start oldi.

📌 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni
munosabati bilan o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazma jamiyatimizda inklyuzivlikni rivojlantirish, har bir insonni teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlashga chaqiruvchi muhim tashabbusdir.

✔️Ko‘rgazma doirasida imkoniyati cheklangan shaxslar hamda maxsus internat muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy asarlar savdosi ham tashkil etilgan.


❗️Ko‘rgazma 4-dekabrga qadar davom etadi. Siz ham faol ishtirok etib, mazkur hayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#jarayon

Mehr-oqibat va e’tibor mujassam tadbir


3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi “Nuroniylar" maskanida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor, shahar hokimi o‘rinbosari Shohrux Inomxonov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo‘ra Axmedqulov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Ishtirokchilarga nogironlik aravachalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bu kabi xayriya kechalari imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4
#futbol

Bugun “Nurafshon” va “Uchquduq” jamoalari bahs olib boradi

⚽️ Jizzax viloyatida professional futbolning quyi pog‘onasidan 1-ligaga ko‘tarilish yo‘lida hal qiluvchi bosqich boshlangani haqida avval xabar bergan edik.

👟 Mazkur turnirda Toshkent viloyati sharafini Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi himoya qilmoqda. Sevimli jamoamiz kecha Yaypan jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishdi. Bugun esa soat 14:00 da, 2-tur doirasida Jizzax futbol maktabi maydonida “Nurafshon” va “Uchquduq” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

⭐️ Musobaqada har bir o‘yin alohida ahamiyatga ega. Shiddatli raqobat sharoitida jamoalardan nafaqat yuqori jismoniy tayyorgarlik, balki mukammal taktika va barqaror o‘yin ko‘rsatish talab etiladi.

☑️ “Nurafshon” jamoasi a’zolari turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, katta maqsadlarni ko‘zlagan. Ularning o‘z muxlislari oldida munosib o‘yin namoyish etib, eng yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahrida Korrupsiyaga qarshi amaliyotni kuchaytirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Bu haqda “Nurafshon TV” telekanalining "Fursat" dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#futbol

⚽️Ayni paytda Jizzax futbol maktabi maydonida "Nurafshon" - "Uchquduq" jamoalarining bahsi bo'lib o'tmoqda. Biz esa sevimli jamoamizga zafarli yutuqlar tilaymiz.

👟O'yinni onlayn kuzatib borish uchun havola.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#festival

“Boychechak” raqs jamoasi xalqaro festivalda Gran-priga munosib ko'rildi


Nurafshon shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Boychechak” raqs jamoasi faoliyat yuritmoqda. Jamoa rahbari — tajribali ustoz Gulbahor Bektashevadir. Hozirda ushbu jamoaga 60 nafar iqtidorli o‘quvchi jalb qilingan.

“Boychechak” raqs jamoasining 15 nafar a’lochi qizlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joriy yil 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro raqs festivalida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.


Natijalar:
1 ta SUPER GRAN-PRI
1 ta VIP GRAN-PRI
2 ta GRAN-PRI
🥇 3 ta 1-o‘rin

Mazkur muvaffaqiyat — Gulbahor Bektasheva rahbarligidagi “Boychechak” raqs jamoasining tinimsiz mehnati va ijodiy izlanishlarining yorqin natijasidir.
“Boychechak” raqs jamoasini va ularning ustozini ushbu katta yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥32
#xushxabar

"Nurafshon" "Uchquduq" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi!


🏆 Bugun Jizzax viloyatida futbol bayrami! Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi yana bir bor o‘z kuchini namoyon etdi. Avval “Yaypan” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan jamoamiz bugungi bahsda ham “Uchquduq”ni 5:0 yirik hisobda mag‘lub etdi!

🔥 G‘alabamiz – fidoyilik va jamoaviy harakat natijasi! Endi "Nurafshon" guruh bosqichida birinchilardan bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

👏 Barcha futbolchilarimizni va sadoqatli muxlislarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda hali eng asosiy o'yinlar. Ishonamiz, “Nurafshon” hali ko‘plab g‘alabalar bilan barchamizni quvontiradi!

Omad doimo biz bilan bo‘lsin!

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍73