#jarayon
Mehr-oqibat va e’tibor mujassam tadbir
✅3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi “Nuroniylar" maskanida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor, shahar hokimi o‘rinbosari Shohrux Inomxonov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo‘ra Axmedqulov ishtirok etdilar.
✅Bu kabi xayriya kechalari imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Tadbir davomida xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Ishtirokchilarga nogironlik aravachalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅Bu kabi xayriya kechalari imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤4
#futbol
Bugun “Nurafshon” va “Uchquduq” jamoalari bahs olib boradi
⚽️ Jizzax viloyatida professional futbolning quyi pog‘onasidan 1-ligaga ko‘tarilish yo‘lida hal qiluvchi bosqich boshlangani haqida avval xabar bergan edik.
👟 Mazkur turnirda Toshkent viloyati sharafini Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi himoya qilmoqda. Sevimli jamoamiz kecha Yaypan jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishdi. Bugun esa soat 14:00 da, 2-tur doirasida Jizzax futbol maktabi maydonida “Nurafshon” va “Uchquduq” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
⭐️ Musobaqada har bir o‘yin alohida ahamiyatga ega. Shiddatli raqobat sharoitida jamoalardan nafaqat yuqori jismoniy tayyorgarlik, balki mukammal taktika va barqaror o‘yin ko‘rsatish talab etiladi.
☑️ “Nurafshon” jamoasi a’zolari turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, katta maqsadlarni ko‘zlagan. Ularning o‘z muxlislari oldida munosib o‘yin namoyish etib, eng yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrida Korrupsiyaga qarshi amaliyotni kuchaytirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Bu haqda “Nurafshon TV” telekanalining "Fursat" dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1
#festival
“Boychechak” raqs jamoasi xalqaro festivalda Gran-priga munosib ko'rildi
✅Nurafshon shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Boychechak” raqs jamoasi faoliyat yuritmoqda. Jamoa rahbari — tajribali ustoz Gulbahor Bektashevadir. Hozirda ushbu jamoaga 60 nafar iqtidorli o‘quvchi jalb qilingan.
Natijalar:
✨ 1 ta SUPER GRAN-PRI
✨ 1 ta VIP GRAN-PRI
✨ 2 ta GRAN-PRI
🥇 3 ta 1-o‘rin
✅Mazkur muvaffaqiyat — Gulbahor Bektasheva rahbarligidagi “Boychechak” raqs jamoasining tinimsiz mehnati va ijodiy izlanishlarining yorqin natijasidir.
“Boychechak” raqs jamoasini va ularning ustozini ushbu katta yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!

“Boychechak” raqs jamoasining 15 nafar a’lochi qizlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joriy yil 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro raqs festivalida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Natijalar:
✨ 1 ta SUPER GRAN-PRI
✨ 1 ta VIP GRAN-PRI
✨ 2 ta GRAN-PRI
🥇 3 ta 1-o‘rin
✅Mazkur muvaffaqiyat — Gulbahor Bektasheva rahbarligidagi “Boychechak” raqs jamoasining tinimsiz mehnati va ijodiy izlanishlarining yorqin natijasidir.
“Boychechak” raqs jamoasini va ularning ustozini ushbu katta yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥3❤2
#xushxabar
"Nurafshon" "Uchquduq" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi!
🏆 Bugun Jizzax viloyatida futbol bayrami! Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi yana bir bor o‘z kuchini namoyon etdi. Avval “Yaypan” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan jamoamiz bugungi bahsda ham “Uchquduq”ni 5:0 yirik hisobda mag‘lub etdi!
🔥 G‘alabamiz – fidoyilik va jamoaviy harakat natijasi! Endi "Nurafshon" guruh bosqichida birinchilardan bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
👏 Barcha futbolchilarimizni va sadoqatli muxlislarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda hali eng asosiy o'yinlar. Ishonamiz, “Nurafshon” hali ko‘plab g‘alabalar bilan barchamizni quvontiradi!
Omad doimo biz bilan bo‘lsin!

👍7❤3
#konstitutsiya
Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlovchi huquqiy asos.
✅Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan aholini huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv "Navro‘z" mahallasi binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida shahar prokurori yordamchisi S. Zafarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni batafsil tushuntirildi.
✅Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi va aholining barcha savollariga atroflicha javoblar berildi.

Uchrashuv davomida asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, ularning majburiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Konstitutsiyaga kiritilgan yangiliklar, islohotlar va ular orqali aholi uchun yaratilgan qulayliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.