Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
🌎 Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.
"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.
Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
⬅️ Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. "Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.
"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.
Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#festival
Toshkent viloyatida «Do‘stlik» festivali yuqori kayfiyatda o‘tdi
Nurafshon shahri markazidagi Amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivalining viloyat bosqichi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Toshkent viloyatida «Do‘stlik» festivali yuqori kayfiyatda o‘tdi
Nurafshon shahri markazidagi Amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivalining viloyat bosqichi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan kelgan ishtirokchilar, milliy madaniy markazlar vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar, volontyorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.Festival «Mustaqillik marsh yurishi» bilan boshlanib, unda milliy madaniy markazlar vakillari hamda yoshlar davlat bayroqlari bilan yurish qilib, yurtimizdagi do‘stlik, hamjihatlik va vatanparvarlik g‘oyalarini tarannum etdilar.
Amfiteatrda o‘tkazilgan bayram dasturida milliy madaniy markazlarning qo‘shiq va raqs chiqishlari, adabiy-badiiy kompozisiyalar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar taqdimotlari namoyish etildi. Turli millat vakillarining boy madaniyati va an’analari bir sahnada uyg‘unlashib, mamlakatimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yana bir bor yorqin namoyon qildi.«Do‘stlik» festivali yurtimizdagi tinchlik, millatlararo totuvlik va umumxalq birdamligini mustahkamlash, shuningdek, davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib qarshi olish yo‘lidagi muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar va milliy madaniy markazlar munosib taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1