Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Tibbiy xizmatni yanada yaxshilash uchun zamonaviy oilaviy poliklinika qurilmoqda

Nurafshon shahrining "Nurafshon" mahallasida zamonaviy oilaviy poliklinika qurilishi jadallik bilan davom etmoqda. 250 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu tibbiyot maskani zamonaviy talablarga mos va aholiga barcha qulayliklarni ta’minlash maqsadida qad ko'tarmoqda. Shahar hokimi Ilxom Klichxanov qurilish hududiga tashrif buyurib, har bir uchastkada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, mas’ullar bilan muloqot qilgan holda mavjud muammolarni o‘rgandi, zarur topshiriqlar berdi.

"Bizning asosiy maqsadimiz — yurtdoshlarimizga zamonaviy va qulay tibbiyot muassasasini taqdim etish, xalqimizning sifatli tibbiy xizmatdan bemalol foydalanishini ta’minlashdir", — dedi Ilxom Klichxanov.


Hozirda bu yerda "Suv bino ta'mir" MCHJ quruvchilari yuqori mas’uliyat va professionallik bilan ish olib borishmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍32👎1
#targ'ibot

19-maktabda tashkillangan tadbir Bosh qomusimizning 33 yilligiga bag'ishlandi

Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv 19-maktabda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar prokurori yordamchisi S. Zafarov o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ularga  Konstitutsiyamizning yangi tahririda belgilangan huquq va kafolatlar, ularning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga, ayniqsa, ularga daxldor bo‘lgan qator moddalar batafsil tushuntirildi. Jumladan: Konstitutsiyaning 50-moddasiga muvofiq, har bir shaxs ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, davlat tomonidan uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’limni kafolatlash belgilangani ta’kidlandi.

Tadbir o‘quvchilarda qonunlarga rioya etish hamda fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#konstitutsiya

Nurafshon shahar adliya bo‘limi va “Madad” NNT xodimlari tomonidan 32-sonli umumta'lim maktabida ham 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Mutasaddilar tadbirda so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. O'quvchilar
tomonidan mutaxassislarga savollar berildi. Va ayni jarayonda o'zlari uchun muhim bo'lgan javoblarni oldilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
Toshkent viloyati FVB va Nurafshon shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hamkorligida Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan intellektual o‘yin o‘tkazildi.


🧠Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan navbatdagi zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔰🇺🇿Mazkur musobaqada Toshkent viloyatining 6 ta tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, qizg‘in va murosali bahs olib bordilar. Intellektual o‘yin ikki turdan iborat bo‘lib, jami 20 ta savol asosida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

🥇 1-o‘rin — Bekobod shahar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Chirchiq shahar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Angren shahar jamoasi


🔎G‘olib jamoalar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan kitoblar to‘plami va diplomlar bilan munosib taqdirlandi.


Manba
4