#targʻibot
Konstitutsiya – taraqqiyot kafolati
✅Nurafshon shahrining “Obod turmush” mahallasidagi 4-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudi sudyasi A. Yuldashev hamda Nurafshon tumanlararo Ma'muriy sudi sudyalari Sh. Niyazov, M. Kamalov va Sh. Xolmaxmatovalar ham faol ishtirok etishdi.
✅Sudyalar ta’kidlaganidek, Konstitutsiya – har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi asosiy hujjat bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning poydevoriga aylandi. Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlashdi.
✅Mazkur uchrashuv fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni asosiy qonunimiz mohiyati va ahamiyati bilan yaqindan tanishtirishda muhim o‘rin tutadi.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

#adliya_kuni
✅Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM, DXM va “Madad” NNT xodimlari tomonidan "Qumariq" MFYda “ Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 14 nafar fuqaro ishtirok etishdi. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 3 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qaror va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

❤1
Huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv "Ma’rifat" mahallasida o‘tkazildi.
✅Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev rahbarligida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi "Ma’rifat" mahallasida o‘tkazildi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qonunlarga hurmat, huquq va majburiyatlarni to‘g‘ri anglashning aholi hayotidagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

"Fayz" kafesida 10 nafar bolajon uchun tantanali sunnat to‘yi o'tkazib berildi
✅Kechada bolajonlar uchun turli madaniy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etildi. Bayram dasturxoni zamonaviy va o‘ziga xos tarzda bezatilib, bolajonlarga iliq tilaklar bildirildi. Tadbirning eng muhim lahzalaridan biri — yoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib, ularga esdalik sovg‘alari va zamonaviy velosipedlar topshirildi.
✅Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi tomonidan aholi farovonligini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash yo‘lidagi izchil ishlarning amaliy ifodasidir.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrida ezgulik va mehr-oqibat an’analarini mustahkamlash maqsadida 10 nafar yosh avlod vakillari uchun tantanali sunnat to‘yi tashkil etildi. "Fayz" kafesida o‘tkazilgan ushbu xayrli tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Shodmonov, san’at sohasining taniqli namoyandalari hamda bolalar va ularning oilalari ishtirok etdi.

👍8🔥1👏1