Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahridagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida egasiz itlar soni ko‘paygani va ular aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Hozirda ushbu holat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Saidburxon Saidxodjayevning ma’lumot berishicha, mas’ullar tomonidan muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Barcha ishlar maxsus soha mutaxassislari ishtirokida hayvonlarga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍61👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men shifokorman.
Mening vazifam — inson sog‘lig‘ini asrash, har bir bemorga umid bag‘ishlash.

Sog‘liqni saqlash sohasida hamyurtlarimizga tez, sifatli va manzilli xizmat ko‘rsatish ro‘yxatga olish natijalariga ham bog‘liq.

Chunki har bir sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat demakdir.

Siz ham sog‘lom jamiyat va farovon kelajak uchun ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting!

Har bir to‘g‘ri ma’lumot — taraqqiyot va yurt ravnaqi uchun xizmat qiladi!

Muhabbat Razikova,
shifokor
👍2
Bugun tavallud kun

Bugun Nurafshon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Shomurodov Farhod Meyliyevichning tavallud topgan kuni.

Hurmatli Farhod Meyliyevich!

Nurafshon shahridagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda o‘z nomimizdan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin ko‘ngildan tabriklaymiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va baxt-saodat tilaymiz. Oilaviy tinchlik-totuvlik, farovonlik va ko‘ngil xotirjamligi Sizni hamda yaqinlaringizni hech qachon tark etmasin!

Qadrli Farhod Meyliyevich!

Shahrimizda so‘nggi vaqtlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar ko’lami ortib boryabdi. Xususan, infratuzilmalarni yangilash va xalq farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ezgu ishlarda Sizning ham munosib ishtirokingiz borligini mamnuniyat bilan e’tirof etamiz.

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi.
👏10👍64🔥1
#dolzarb

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri - muhim jarayon


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahar hokimligida "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish shtabi" tashkil etilgan. Nurafshon shahar Statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyevning ta'kidlashicha, hozirda shtabda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilish va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan uchrashuvlar muntazam o'tkazilmoqda. Kuni kecha navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish
masalalari muhokama qilindi.
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan.

Davlat madhiyasini O‘zbekiston xalq shoiri A. Oripov yozgan, musiqasini esa O‘zbekiston xalq artisti M. Burxonov bastalagan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 51 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#obuna_2026

❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?

Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?

Nashr ko‘rsatkichi – 7024.

📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.

⭕️Muroj
aat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#qish_shukuhi

O‘lkamizda qish. Havo harorati biroz pasayib, salqin ob-havo hukm surmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahrida yosh iqtidor egalarining bilimlari sinovdan o'tkazildi. Bu haqda "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bu_muhim

🧑🏻‍🦽Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari "proaktiv" shaklda qayta hisoblanmoqda.

Qonunchilikka muvofiq, fuqaroga I yoki II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lsa, pensiyasi har 2-yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

Huquq paydo bo‘lgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab fuqaroga nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lganda pensiya miqdorini har 2-yilda "proaktiv" shaklda qayta hisoblash amaliyoti joriy etilgan.

Ya’ni, bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiyalarini qayta hisoblatish uchun Pensiya jamg‘armasiga kelishlari talab etilmaydi.

📱🔵 Pensiya qayta hisoblanganligi to‘g‘risida fuqaroning o‘zini nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga sms yuboriladi. Telefon raqami mavjud bo‘lmagan fuqarolarga esa pochta orqali mazkur xabar yetkaziladi.

♾️ Shaxsning mehnat staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning axborot tizimlaridan olinib, pensionerdan hech qanday ma’lumot talab qilinmaydi.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2