Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#tozalik

“Obod turmush” mahallasida obodonlashtirish ishlari


"Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda, mahalla binosi atrofida manzarali ko‘chatlar ekilib, mazkur ishlar mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, tabiatni asrash va yashil makon yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mahalla raisi Shuhrat Rahmatovning aytishicha, Respublika ishchi guruhi a’zolari B. Chinazbekov va O. Musurmonqulovlar bilan hamkorlikda ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Ko‘chatlar ekish jarayoni nafaqat mahallaning obodligini oshiradi, balki fuqarolarni birlashishga, o‘zaro ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1
Nurafshonda zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy foydalanishga topshirildi

“Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ramziy lentasi Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida ochib berildi.

Ayni paytda Nurafshon shahri jadal rivojlanib, zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlarini o’zida mujassam etmoqda. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov, ishchi guruh a’zolari, soha tashkilotlari rahbarlari, quruvchilar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.


Ushbu majmua “Bright Future House” MCHJ tomonidan qurildi. Pudratchi tashkilot uchun mazkur hududda bu uchinchi yirik loyiha hisoblanadi. Yangi binoda 1, 2 va 3 xonali jami 77 ta xonadon mavjud bo‘lib, ular zamonaviy va barcha qulayliklarga ega.

Tadbir ishtirokchilari yangi turar-joy majmuasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍3
📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — barchamiz uchun muhim jarayon.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
Forwarded from Мирзохиджон Исмоилов
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yangi ko‘p qavatli turar-joy foydalanishga topshirildi

Nurafshon shahrining “Yangiobod” mahallasida zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi I. Klichxanov hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Bright Future House” MCHJ tomonidan qurilgan mazkur binoda 1, 2 va 3 xonali jami 77 ta xonadon mavjud. Yangi uy barcha zamonaviy qulayliklarga ega.
Tadbirda ishtirokchilar yangi majmua sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍53🔥1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda

📊 Nurafshon shahar statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyev tomonidan Nurafshon shahridagi mahalla "yettiligi” vakillari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ochiq muloqotlarda ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, qamrov doirasidagi yangiliklar, jarayon bosqichlari hamda to‘planadigan ma’lumotlarning ahamiyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar berilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31
🔴 ✏️✏️✏️

“ELEKTRON RETSEPT” TIZIMI BO‘YICHA JAMOATCHILIKDAN KELIB TUSHGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Toshkent shahrida tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarining elektron retsept asosida berilishi yo‘lga qo‘yilayotgani jamoatchilik vakillarida turli savollarni yuzaga keltirmoqda.

Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi Ishchi guruhi aholini qiziqtirayotgan savollarga navbatdagi javoblarni taqdim etadi.

Batafsil.
👍1
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:


🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.

🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.

🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.

📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.

⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.

👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.

Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur
.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1
Nurafshon shahridagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yosh kitobxon” tanlovining 1-sektor bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovda har bir mahalladan kelgan, 10-14 yosh, 15-19 yosh hamda 20-30 yosh toifasidagi kitobsevar yoshlar faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41🔥1