Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Tabrik

🪅Bugun “Angren Bunyod Fayz” MChJ Nurafshon shahar filiali rahbari Mirahmedov Miryusuf Mirjalilovichning tavallud kuni.

Hurmatli Mirahmedov Miryusuf Mirjalilovich!

Sizni tavallud kuningiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Bunyodkorlik sohasidagi fidokorona mehnatingiz, Nurafshon shahrining rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy tinchlik va farovonlik, ishlaringizda esa doimiy omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Yangi yilda yangi marralarga yetishingizga, barcha rejalaringiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. Kelgusida ham Nurafshon shahrimiz hamda Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali faoliyat olib borishingizni tilab qolamiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍83👏3👎1🔥1
Nurafshon shahridagi "Dehqonobod" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 16-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida 16 ta MFYda arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday yarmarka "Dehqonobod" mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va arzon mahsulotlar keng assortimentda savdoga chiqarildi. Ushbu jarayonda mahalla aholisi tomonidan mahsulotlarga yuqori talab kuzatildi. Eslatib o'tamiz, arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi barcha mahallalarda o'tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon aholisi uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan shaharda qurilish va infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Hozirda Nurafshon shahri taraqqiyot va yangilanish markaziga aylanib, keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Nurafshon aholisi yangilangan asfalt yo‘llar, zamonaviy piyodalar yo‘laklari va beton ariqlar, xavfsiz va qulay infratuzilma imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Xususan, “Navro‘z” mahallasida joylashgan shahar tibbiyot birlashmasiga olib boruvchi ko‘chalarda “Zarbdor tajribasi” asosida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur loyihalar natijasida transport vositalari va piyodalar uchun qulay muhit vujudga keldi.

Ushbu bunyodkorlik ishlari haqida “Millar” dasturi orqali axborot lavhasi ham efirga uzatildi. Jarayonlar bilan video orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
👍42
#sayyor_qabul

🗓16.12.2025.

🟢Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi o'rinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan 12 nafar fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam olish, gaz, qurilish hamda bandlik kabi  masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib,  tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala  yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Nurafshon shahrida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshqarma binosida o‘tkazilib, u yerda turli sohalarni qamrab olgan 9 ta tashkilot va korxona o‘zlarida mavjud bo‘lgan 252 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir natijasida 12 nafar fuqaro ishga yo‘naltirildi. 5 nafari esa zamonaviy kasb-hunar o‘qishlariga biriktirildi, bu esa ularning kelgusida mustahkam ish bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi.


Shu kabi boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarining tashkil etilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror bandlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (10 mln 300 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
#Profilaktik_tadbir

⚡️16-dekabr kuni Nurafshon shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbir tashkil etildi. Unda shahar IIB JXX XPB VEMB katta inspektor-psixologi , kapitan M. Djumabayeva ishtirok etib, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida pirotexnika  vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari" mavzusida ma'ruza qildi.

Tadbirda maktab o'quvchilari o‘rtasida pirotexnika vositalardan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi va mavzuga oid  bo‘lgan videorolik namoyish qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2