Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#sayyor_qabul

🗓16.12.2025.

🟢Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi o'rinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan 12 nafar fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam olish, gaz, qurilish hamda bandlik kabi  masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib,  tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala  yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Nurafshon shahrida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshqarma binosida o‘tkazilib, u yerda turli sohalarni qamrab olgan 9 ta tashkilot va korxona o‘zlarida mavjud bo‘lgan 252 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir natijasida 12 nafar fuqaro ishga yo‘naltirildi. 5 nafari esa zamonaviy kasb-hunar o‘qishlariga biriktirildi, bu esa ularning kelgusida mustahkam ish bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi.


Shu kabi boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarining tashkil etilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror bandlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (10 mln 300 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
#Profilaktik_tadbir

⚡️16-dekabr kuni Nurafshon shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbir tashkil etildi. Unda shahar IIB JXX XPB VEMB katta inspektor-psixologi , kapitan M. Djumabayeva ishtirok etib, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida pirotexnika  vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari" mavzusida ma'ruza qildi.

Tadbirda maktab o'quvchilari o‘rtasida pirotexnika vositalardan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi va mavzuga oid  bo‘lgan videorolik namoyish qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)

🔹Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌O'zimiz haqimizdagi ma'lumotni beraylik, buyuk kelajakni birga quraylik!
👍2