Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#ZamonaviyTexnologiya

Eksperiment sifatida Nurafshon shahridagi 26-bog‘chada sun’iy intellekt asosida raqamlashtirish hamda zamonaviy mikroiqlim boshqaruvi joriy etildi

2025-yil 17-dekabr kuni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov ishtirokida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari uchun taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda shahardagi 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida eksperiment tariqasida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan zamonaviy datchiklar o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Mazkur innovatsiya orqali bog‘chalardagi isitish tizimini boshqarish, havo sifati va haroratini aniqlash, namlik ko‘rsatkichlari, xavfsizlik kabi bir qator muhim jarayonlarni avtomatlashtirilgan holda nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Ma’lumotlar masofadan turib olinadi va barcha jarayonlar onlayn tarzda qadamba-qadam real vaqt rejimida kuzatib boriladi.


Raqamlashtirilgan tizimning qulayliklari:

⏱️Har bir bog‘cha va xonalardagi mavjud holat haqida real vaqt rejimida axborot olish;

👤Mas’ul rahbarlar hamda shahar hokimi tomonidan jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish;

💧Xonalar harorati va namlik ko‘rsatkichlarini me’yorida saqlash orqali bolalar salomatligini ishonchli ta’minlash;

📊Xavfsizlik
masalalarida tezkor nazorat hamda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish.


Eksperiment sifatida joriy etilgan 26- bog‘chada hozirda 7 ta guruh faoliyat yuritadi, ularda 189 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Muassasa 2 qavatdan iborat bo‘lib, unga jami 7 ta zamonaviy datchiklar o‘rnatildi. Jarayon to‘liq raqamlashtirildi, ma’lumotlar onlayn monitoring qilinmoqda. Hozirda sinov tariqasida yo'lga qo'yilgan tizim bir oy muddatda Nurafshondagi maktab va bog'chalarda to'liq ishga tushiriladi. Mazkur loyiha orqali yosh avlodga yanada zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratish, samarali boshqaruv tizimini joriy etish maqsad qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥2👍1👏1