Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
KADASTR XIZMATLARIDAN UYDAN CHIQMAGAN HOLDA FOYDALANING!

🔜 Endilikda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Davlat tashkilotlariga borishga hojat yo‘q — quyidagi xizmatlardan onlayn tarzda foydalaning:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish
➡️ Kadastr pasportini shakllantirish
➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish
➡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
➡️ Yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) bo‘yicha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish
➡️ Kadastr muhandisiga malaka shahodatnomasini berish
➡️ Ko‘chmas mulk obyektiga taqiq mavjudligini tekshirish
➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
➡️ Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma olish
👍1🔥1
📍 Nurafshonda yangi avtobus yo‘nalishi kengaytirilmoqda

🚌2025-yil 17-dekabr kuni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida Respublika ishchi guruhi a’zosi B. Chinazbekov, shahar IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i, mayor I. Umarov ishtirokida “Degantepa – Toshkent dengizi (Tashmore)” yo‘nalishini uzaytirish bo‘yicha joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuvda bekatlar joylashuvi, yo‘lovchilar uchun yaratiladigan qulayliklar, qatnov xavfsizligi hamda mazkur yo‘nalishning ahamiyati yuzasidan aholining fikrlari ham tinglandi. 


🚌Hozirda D-020 avtomobil yo‘lining Qorasuv – Bo‘ka – Bekobod yo‘nalishida 7–9 km oralig‘i orqali avtobus harakatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

🔹Mazkur tashabbus aholining viloyat Kardiologiya markazi, maktab va ijtimoiy obyektlar, dam olish maskaniga erkin yetib borishini ta’minlab, shahar transport tizimini rivojlantirish, vaqt va harajatlarni tejashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍10🔥52👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

❗️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
👍2
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
2👍1🔥1
Nurafshon shahridagi "Qumariq" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 18-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida 16 ta MFYda  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday yarmarka "Qumariq" mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va arzon mahsulotlar keng assortimentda savdoga chiqarildi. Ushbu jarayonda  mahalla aholisi tomonidan mahsulotlarga yuqori talab kuzatildi.  Eslatib o'tamiz,  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi barcha mahallalarda  o'tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👎1🔥1
#innovatsiya

Nurafshondagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida haroratni  masofadan boshqarish tizim joriy etilmoqda

Viloyat markazida joylashgan 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida eksperiment tariqasida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan raqamlashtirilgan va mikroiqlimni boshqarish tizimi joriy etildi.

💠Yangi tizim isitish, havo sifati, harorat, namlik va xavfsizlik jarayonlari avtomatlashtirilgan holda masofadan, real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi.

Uning quyidagi afzalliklari mavjud:

🕖Xonalardagi mavjud holat haqida real vaqt rejimida axborot olish;

👤Mas’ul rahbarlar  tomonidan jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish;

💧Xonalar harorati va namlik ko‘rsatkichlarini me’yorida saqlash;

📊Xavfsizlik masalalarida tezkor nazorat qilish hamda samarali boshqarish.

Sinov tariqasida joriy etilgan ushbu tizim bir oy ichida Nurafshon shahridagi boshqa maktab va bog‘chalarda ham bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧨 Pirotexnika vositalarini farzandlaringiz hayotiga xavf solishiga yo‘l qo‘ymang!
👍1👏1
Nurafshonda "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishoni oʻz  egalariga topshirildi

Nurafshon shahrida "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishoni egalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotni shahar hokimi I. Klichxanov tantanali tarzda topshirdi.

U. Irisqulov, N. Fozilov va D. Muhametjanova tomorqachilik sohasidagi namunali mehnati uchun taqdirlandilar. Nurafshon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan aholining turmush darajasini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda.


Hokim yordamchilari koʻmagi va tavsiyasi asosida tomorqachilar bankdan  imtiyozli kreditlar olib, daromad olishning yoʻl-yoʻrigʻini sohada peshqadam boʻlgan,  dehqonchilikning xadisini olgan dehqonlardan oʻrgandi, ustoz-shogird an'anasi asosida soha sirlarini oʻzlashtirdi.

Natijada kaftdek tomorqadan moʻmaygina foyda olib, tavakkalchilik bilan boshlagan ishlari orqali oila iqtisodini koʻtaryabdi.  Qoʻchimchasiga yaqinlari bandligini ta'minlashmoqda.
👍41🔥1