This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI FUQAROLAR, IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!
Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

👍1
🎨 “Yangi yil mo‘jizasi” — ijod va ilhom bayrami!
✨ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Yangi yil mo‘jizasi” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, yangi yil kayfiyatini san’at orqali ifodalash maqsadida o‘tkazildi.
🖌 Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z tasavvuri va fantaziyasini ishga solib, yangi yil mo‘jizalarini ranglar orqali jonlantirdilar. Har bir rasmda bayramona ruh, ezgu tilaklar va iliq his-tuyg‘ular o‘z aksini topdi.
⭐ “Yangi yil mo‘jizasi” tanlovi o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, bayram shukuhi va ijodiy muhitni yanada mustahkamladi.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#bayram_shukuhi
Yangi yil yaqin: viloyatning bosh archasi chiroqlari yoqildi
Bugun Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Business City” hududidagi amfiteatr maydonida viloyatning bosh archasining rasman ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida balandligi 30 metr bo‘lgan, 28 mingdan ziyod bezak va yorug‘lik elementlari bilan bezalgan muhtasham archaning chiroqlari yoqilib, viloyatdagi Yangi yil bayram tadbirlariga rasman start berildi.
Maydonda o‘rnatilgan dekorativ jihozlar, bolalar uchun turli attraksionlar, bayramona bezaklar va rangli yorug‘lik chiroqlari haqiqiy yangi yil shukuhini yaratgan.
Shuningdek, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va jajji bolajonlarni xushnud etish uchun 100 nafar qorbobo va qorqiz jalb etilgan.
Yangiy yil bayrami arafasida aholi, ayniqsa bolajonlar uchun bunday bayramona muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etib, barcha tadbirlar xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun bosh archa maydonida bayram shodiyonalari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi.
Teatrlashtirilgan tomoshalar, badiiy jamoalar chiqishlari, san’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokidagi shou-konsertlar, shuningdek, bayram timsollari – Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi dasturlar tashkil etilmoqda.
Bayram tadbirlari 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi
Nurafshonda yangi yil bayrami shukuhi
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

👍4❤1🔥1👌1