Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👍1
Nurafshon shahridagi "Obod" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 21-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida MFYda  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday yarmarka "Obod" mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va arzon mahsulotlar keng assortimentda savdoga chiqarildi. Ushbu jarayonda  mahalla aholisi tomonidan mahsulotlarga yuqori talab kuzatildi.  Eslatib o'tamiz,  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi barcha mahallalarda  o'tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#InsonQadriUchun

🌟 “Inson qadri uchun” — fuqarolar muammolari hal etilmoqda

🔹Nurafshon shahri Dehqonobod mahallasida istiqomat qiluvchi Gulchehraxon Rasulova sayyor qabul davomida oilaviy sharoiti sabab ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qildi.

👤 Shahar hokimi Ilxom Klichxanov murojaatni shaxsan ko‘rib chiqib, mas’ullarga tezkor va manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

🤝 Natijada, oilaning holati o‘rganilib, farzandlari uchun:

🧥 qishki kiyim-kechak

📺 zamonaviy smart televizor topshirildi.

💬 Murojaatchi ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorligini bildirdi.


📌 “Hamma narsa inson qadri uchun” tamoyili asosida fuqarolar muammolari o‘z vaqtida hal etilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍106🔥4👏1🤝1
#bildirish

Nurafshonda 2 va 2 A raqamli avtobuslar harakati vaqtincha cheklanadi

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Yoqilg‘i (metan) ta’minotida yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilish sababli, 2 va 2 A raqamli avtobuslar (“Makro” supermarketidan – Bobur ko‘chasi – “Degantepa” MFY – Nurafshon city – “Makro” supermarketigacha) harakati vaqtincha noma'lum muddatga to‘xtatiladi.


🚌1-raqamli avtobuslar (Qorasuv – Burgalik yo‘nalishi) esa odatdagidek harakatlanmoqda.

Avtobus harakati tiklangani haqida qo‘shimcha axborot beriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31👌1
🧶 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 31-dekabrgacha ijtimoiy soliqni to‘lab, ish stajiga ega bo‘lishlari mumkin

Bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq to‘lab, ish stajiga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdori (bugungi kunda 412 ming so‘m)da 1 yilda 1 marotaba ijtimoiy soliqni to‘lasa, 1 yillik ish stajiga ega bo‘ladi.

🗓 Mazkur ijtimoiy soliqni to‘lash muddati oldin 1-dekabrgacha bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yil yanvardan boshlab 31-dekabrgacha uzaytirilgan.

☝️ Kelajakdagi pensiyangizga befarq bo‘lmang. Tezroq ijtimoiy soliq to‘lab, 2025-yil uchun ish stajiga ega bo‘lishga ulgurib qoling.

Ijtimoiy soliq to‘lovini soliq organlarida yoki “Soliq”, “Xazna”, “Click” mobil ilovalari orqali onlayn ham amalga oshirishingiz mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!

Dilorom Abdualimova
aktrisa
👍2
26-maktabda “Men O'zbekistonlikman” mavzusida “Kelajak soati” bo‘lib o‘tdi

2025-yil 22-dekabr kuni 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida 9-"A" sinf o‘quvchilari ishtirokida “Men O'zbekistonlikman” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar Vatanga bo‘lgan muhabbat, ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.


Mazkur dars soatini sinf rahbari D. Yusupova olib bordi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
DIQQAT!

2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, o‘z hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlashga chaqiramiz.

Yong‘inlarning oldini olish va favqulodda holatlarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik – har birimizning burchimizdir!


🔹Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ma'muriyati


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bildirish

Nurafshonda 2 va 2 A raqamli avtobuslar  harakati tiklanganini ma'lum qilamiz

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

🚌Hozirda 2 va 2 A raqamli avtobuslar (“Makro” supermarketidan – Bobur ko‘chasi – “Degantepa” MFY – Nurafshon city – “Makro” supermarketigacha) haraka
ti tiklanganini maʼlum qilamiz.

1-raqamli avtobuslar harakati (Qorasuv – Burgalik yo‘nalishi) esa odatdagidek harakatlanmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍72👏1
#bildirish

⚡️ Ayni paytda elektr ta’minotida vaqtinchalik roʻy bergan  uzilishlar   soat 14:30 gacha bartaraf etiladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi  ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi XEL 6kV f. Qorasuv 6 kV tarmogʻidagi  avariyaviy holat ta'mirlanmoqda.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 22-dekabr
soat 14:30 gacha


Shu vaqt oralig‘ida  elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️IS GAZIDAN OGOH BO‘LING❗️

Ushbu video qo‘llanmani o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun oxirigacha ko‘rib chiqing!
👍1