Nurafshonda yoshlar yangi yil arafasida bayram sovg'alarini qabul qildi
🔹Yangi 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun bayramona tadbirlar tashkil etildi. Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari shahardagi mahallalarga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, ularning orzu-umidlari, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Bayram tadbirlari doirasida faol va iqtidorli o'g'il-qizlar yangi yil bilan samimiy tabriklandi hamda ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor namunasiga aylandi, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.
🔹Nurafshon shahar hokimligi tomonidan yoshlar bilan doimiy aloqalar mustahkamlanmoqda, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, zamonaviy sharoitlarda kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏4❤1
#yangi_yil_shukuhi
📅 2025-yil 30-dekabr
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
📅 2025-yil 30-dekabr
Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1
Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan yil davomida yoshlar bilan ishlashda faol ishtirok etib, mahallalarda ilg'or tashabbuslari hamda fidoyiligi bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandilar.
⛹️ Ushbu yetakchilar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam o'tkazish yo‘lida astoydil mehnat qilib kelmoqdalar.
🏆 Taqdirlash marosimida so'zga chiqqanlar faol yetakchilarning mehnatini e’tirof etib, kelgusidagi ishlarida ularga ulkan zafarlar hamroh bo'lishini tiladilar.
✅Bunday fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari – kelajagimiz poydevori!
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5👏1