Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4K videos
57 files
12.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄YANGI YILDA KATTA BAYRAM KONSERTI! 🎉

📅 Sana: 31-dekabr, Chorshanba kuni
Soat: 19:00 da
📍Manzil: Nurafshon shahri markaziy maydonda ("Makro" supermarketi qarshisida)

🎤 Konsert dasturida:
Taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev va bir guruh san'atkorlar ishtirok etadi.

Siz azizlarni bayramona konsert dasturi, takrorlanmas sahnaviy chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy shoular kutmoqda!

📌 Tashkilotchilar:
Nurafshon shahri hokimligi hamda shahar Madaniyat bo‘limi

🔹 Barchangizni Yangi yil konsertiga taklif qilamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yoshlar yangi yil arafasida bayram sovg'alarini qabul qildi

🔹Yangi 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun bayramona tadbirlar tashkil etildi. Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari shahardagi mahallalarga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, ularning orzu-umidlari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Bayram tadbirlari doirasida faol va iqtidorli o'g'il-qizlar yangi yil bilan samimiy tabriklandi hamda ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor namunasiga aylandi, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.

🔹Nurafshon shahar hokimligi tomonidan yoshlar bilan doimiy aloqalar mustahkamlanmoqda, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, zamonaviy sharoitlarda kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.

Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Prezident topshrig’i bilan O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonatlar ochildi

Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.

0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 dollar miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.

9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi.
1👏1
#rag‘bat

Nurafshon shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari  rag‘batlantirildi

Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahridagi "O'zbegim" to'yxonasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Sohada fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Qolaversa, xodimlarga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi ham taqdim etildi. Bu kabi eʼtibor va rag‘bat bayram oldidan xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida  boshqarma tomonidan shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida yangi bog‘lar barpo etilib, minglab daraxt va gullar ekildi. Ko‘chalar va yo‘laklar ta’mirlanib, zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi. Shuningdek, aholi ishtirokida muntazam  obodonlashtirish tadbirlari  tashkil etildi. Ushbu ishlar shaharni yanada go‘zal va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1
#Inson_qadri

"Xalq dardi bilan yashash - odamiylikning eng oliy mezoni"

Nurafshon shahridagi “Taraqqiyot” mahallasi raisi Olimjon Qurbonov boshchiligida Yangi yil bayrami munosabati bilan mahalla aholisi tabriklanib, ularga sovg‘alar topshirildi. Tadbir davomida yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21🔥1
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda.

🔹Ayni paytda bayram dasturida taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev ishtirok etib, dilbar qo'shilarini kuylamoqda.

Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1

1👍1🔥1