Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Bayram_shukuhi

🔹Bugun Nurafshon shahrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Marosimda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, Nurafshonlik yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov va bir guruh faollar ishtirokida Vatanparvarlik timsoli bo'lgan o'zbek ayoli - Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali musiqa sadolari ostida yig‘ilganlar Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2🔥1